Manjukich: "Agar Xorvatiya Angliyaga mag'lub bo'lsa, hech kim bizni ayblay olmaydi"
09 iyu 2018 15:13
Yangiliklar
Manjukich: "Agar Xorvatiya Angliyaga mag'lub bo'lsa, hech kim bizni ayblay olmaydi"
"Yuventus" va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich Angliyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 yarim final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Havotir olmang, Angliyaga qarshi o'yin uchun kuchim bor. Oxirigacha kurashamiz. Bunis hisobga oladigan bo'lsak, agar mag'lubiyatga uchrasak hech kim bizni ayblay olmaydi. Kuchni qaerdan olaman? To'g'risi, bilmayman. Esimda, qaysidir mutaxassis jahon chempionati oldidan Manjukich avvalgidek emas degan edi. U haq ekan - bu yangi, o'zgargan Manjukich!" - deydi futbolchi.
Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 yarim final uchrashuvi 11 iyul kuni 23:00da bo'ladi.
Fikrlar