Mane: "Ekvador va Qatar bizga ochko berish uchun mundialga chiqmadi"
14 okt 2022 17:27
Yangiliklar
Mane: "Ekvador va Qatar bizga ochko berish uchun mundialga chiqmadi"
Eslatib o'tamiz, afrikaliklar Qatar, Ekvador va Niderlandiya bilan kvartetda bir guruhdan joy olgan.
"Niderlandiya Senegal uchun eng xavfli raqibmi? Biz ularga hurmat bilan qarashimiz kerak. Niderlandiya FIFA reytingida yaxshi o'rinda. Ular juda kuchli jamoa va Jahon chempionatlarida ajoyib natijalarni qo'lga kiritgan. Biz guruhdagi boshqa jamoalarni kamsitmasligimiz lozim.
Albatta, Ekvador va Qatar bizga ochko berish uchun mundialga chiqmadi. Ekvador saralash bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazdi va Qatar o'z maydonida kuchli raqibga aylanadi. Ular Jahon chempionatida Osiyo chempioni maqomi ostida qatnashishadi. Guruhimizdagi hech qaysi jamoani etiborsiz qoldira olmaymiz. Biz ehtiyotkor bo'lishimiz, diqqatimizni jamlashimiz va o'yindan o'yinga kuchayib borishimiz kerak", – dedi Mane.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar