So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Manchini Italiya terma jamoasini qay tariqa o'zgartirmoqda? Yangiliklar

Manchini Italiya terma jamoasini qay tariqa o'zgartirmoqda?

Roberto Manchini yaqinda Enco Bearzot mukofotini qo'lga kiritib, Italiyaning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'ldi.

Turli xil savol va etirozlar bo'lmasligi uchun bu vaziyatni o'rganib chiqish kerak. O'zingizga malum, bitta murabbiy bu sovrinni ikki marotaba qo'la kiritishi mumkin emas. Ammo Massimiliano Allegri uni 2015 yilda qo'lga kiritgan. Ushbu mukofotni topshirish 2011 yildan beri boshlangan. Manchini, albatta, uni APLda "Manchester Siti" bilan bo'lgan g'alabasi uchun qo'lga kiritishi mumkin edi. Biroq “qizg'anchiq” italyanlar uni mahalliy qahramonlardan biri Valter Madzarriga topshirishgan.

Italiya termasini eng zamonaviy murabbiylardan biri oldinroq boshqarishi mumkin edi. Biroq o'zini sinab ko'rish imkoniyati birinchi Antonio Konte, keyin esa (sababi hali ham nomalum) Jampero Venturaga berildi. Va nihoyat, uchinchi urinishda Manchini bu imkoniyatni qo'lga kiritdi. "Zenit"dan ketganiga ko'p bo'lmadi. “Janob” u erda omadsizlikka uchradi va aynan uning bosh murabbiy etib tayinlanishi ko'pchilikka maqul kelmadi. SHuning uchun ham, uning ustidan kulib, mazax qilishdi. Transfer uchun sarflayotgan pullari besamar ketadi deb, yaxshi natija qayd eta olishiga ishonishmagan. Bundan tashqari, Italiya futbolidagi "dahshatli gunohini" eslatib o'tishdi: aynan Manchini A Seriya klubi tarkibida 11ta legionerni maydonga tushurgan murabbiy hisoblanadi. Albatta, uning muvaffaqiyatlari haqida gapirishga hali juda erta. CHunki Ventura ham ishini yomon boshlamagan, ammo keyin barchasi teskarisiga ketdi.

Robertoning "Skuadra Adzurra" bilan munosabati oldindan uncha yaxshi emasdi. U 1984 yil Nyu-Yorkda “tungi sarguzashtlarni” izlashga qaror qildi. O'shanda Italiya termasi Nyu-Yorkda yashardi. 19 yoshli daydi qo'lga olindi va terma safidan xaydab yuborildi. Oradan bir yil o'tibgina qaytgan. Umuman olganda, Manchini iqtidorli bo'lishiga qaramay, termaning juda kam uchrashuvida ishtirok etgan: 36 bahsda maydonga tushib, 4tagina gol urgan. Ammo hech qachon "Lacio" va "Sampdoriya" muxlislari sevgan o'yinni namoyish eta olmagan.

SHuningdek, termadagi murabbiylik faoliyati ham biroz noaniq tarzda start oldi: debyut bahsdan Polsha bilna durang o'ynadi, Portugaliyaga mag'lub bo'ldi, Ukraina bilan ham durang natijani qayd etdi. Malumki, Appenin yarim orolida murabbiylarni qattiq tanqid ostiga olishadi. Ammo matbuot anjumanlarida Manchiniga bosim o'tkaza olishmayapti. CHunki u boshidan oson bo'lmasligini yaxshi bilardi. O'zingiz o'ylab ko'ring, Polsha termasiga qarshi o'yinda, saralash bahslarida shvedlar bilan o'ynagan, to'rt nafar futbolchi maydonga tushdi. Jamoa tarkibini yangilash taklifi bildirildi. Lekin bu qanchalik darajada amalga oshirilishi nomalum edi. O'yindan-o'yinga "Skuadra Adzurra" kuchayib bordi, Manchinining o'zi esa yangi jamoa, ish jarayoniga sho'ng'ib ketdi. U ko'p tajriba o'tkazdi, xato qildi, yangi o'yinchilarni taklif qildi, bazilari esa ketkazib yubordi, turli taktikalardan foydalandi. Ammo har safar tavakkal qilib ko'rishdan qo'rqmadi. Noyabrda u terma safiga Italiya chempionatida endigina 12 daqiqa o'ynashga ulgurgan hujumchini chaqirdi. Hozirda Moyze Kin hujumning asosiy umidi hisoblanadi. Dzanolo esa ECHL o'yinidan keyin, hali A Seriyaning birorta o'yinida ishtirok etmay turib termaga kelish taklifini oldi. SHu bilan birga, “xarakteri og'ir” bo'lishiga qaramay, tajribali Fabio Kvalyarella ham termaga chaqirildi. Uncha-muncha murabbiy bunday ishga qo'l urmagan bo'lardi. Hozircha bularning barchasi o'zini oqlamoqda.

Italiya termasi oxirgi marta 1993 yil 6ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bir qancha vaqt avval Lixtenshteyn termasining omadi kelmadi, chog'i. Kvalyarella dubl qilishga erishdi. Fabio Evro-2020da o'ynamaslik ehtimoli katta bo'lsa ham, hozir munosib o'ynashga harakat qilmoqda. Bosh murabbiy qo'l ostidagi o'yinchilar unchalik mashhur emas. Lekin ko'plab futbolchilar o'z ustida ishlasa, bir yil ichida Italiya termasi etarli darajada kuchli bo'lishi hech gap emas. Kundan-kunga termaning o'yini yaxshilanayotgani muhim va quvonarli holat. Lekin Manchini jamoasi turnirning favoriti bo'lishiga hali ancha vaqt kerakligini ham juda yaxshi biladi.

Umuman olganda, Italiyada eng omadlilardan biri bo'lgan Manchini terma jamoaga vaqtida keldi. Hozirgi kunda bunday murabbiylarga talab yuqori. Sababi yosh futbolchilar ana shunday qattiqqo'l va zamonaviy murabbiyni yoqtiradi. Hattoki, Portugaliyaga qarshi bahsda Italiya himoyadan ko'ra hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Kin, Dzanolo, Politano va Barella kabi o'yinchilar nafaqat klubda, balki termada ham o'z ustilarida ishlashlari kerak.

To'g'ri, bazi etakchilarning omadi kelmayapti. Insine o'zining eng yaxshi sport formasida emas, Belotti ham muntazam chaqirilmayapti, Immobile ham "Skuadra Adzurra"da imkoniyatlarining 50%ini ham ko'rsatib bera olmayapti. Lekin bu hozir unchalik ham muhim emas. Asosiysi, Manchini zimmasidagi masuliyatni yaxshi his qilmoqda.


Sergey Rumyancev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика