"Manchester Yunayted" sotilishiga haliyam umid bor
28 mar 2023 18:28
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sotilishiga haliyam umid bor
"Manchester Yunayted"ni sotib olish bo'yicha kelib tushgan takliflarni qayta ko'rib chiqqan klub egalari ularning bahosiga to'g'ri keladigan taklifni topa olishmadi. SHunday bo'lsa-da, yaqin orada ikki tomonni ham mamnun qiladigan kelishuvga erishilishi ehtimoli yo'q emas.
Ikkinchi takliflar o'tgan haftada manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan edi. Ommaviy savdo ishtirokchilari SHayx Jassim bin Hamad Al Taniy, Ser Jim Retkliff va Tomas Zilliakus bo'lgan edi.
Malum qilinishicha, SHayx Jassim va Retklifflarning taklifi 4,5 mlrd funtdan oshirilgan, lekin talab qilingan 6 mlrd funtga etmagan. Gleyzerlar "Old Trafford"ga egalik qilish bo'yicha takliflar bo'lishiga umid bildirishmoqda.
Takliflarning oxirgi bosqichidan so'ng savdo ishtirokchilari Gleyzerlar oilasi bilan ishlayotgan AQSH bankidan jarayonning keyingi bosiqichi qanday bo'lishini eshitishni kutishmoqda. Ushbu bank takliflarning uchinchi bosqichini o'tkazishi yoki afzal ko'rilgan ishtirokchini belgilashi mumkin.
"Yunayted" xodimlariga mavsum oxiriga qadar klubning egaligi borasida aniqlik kiritilishini kutishlari aytilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar