So’nggi yangiliklar

13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  7

"Manchester Yunayted" "Liverpul"ni mag'lub etdi. Intriga uchun bu juda yaxshi holat Yangiliklar

"Manchester Yunayted" "Liverpul"ni mag'lub etdi. Intriga uchun bu juda yaxshi holat

"Manchester Siti" - chempion. Biroq ikkinchi o'rin uchun chempionatdagi kurash juda qattiq bo'ladi.

MYU va "Liverpul" bu jangda barcha choralarni ishlatadi. Ularning o'zaro o'yini esa ko'p jihatlarga oydinlik kiritmasa-da, o'rtadagi farq biroz oshdi.

Ikki jamoa ham uchrashuvga bir xil kayfiyatda etib bordi. MYU ayni damda Jozening taktikasi, Pogbaning yomon o'yinlari va Sanchesning yulduzligi orqali boshqarilmoqda. "Liverpul" esa yuqori jismoniy holatga kirib oldi va Koutinosiz o'ynashni o'rgandi. Bu ergacha bo'lgan o'yinlar natijalari va "Portu" darvozasiga urilgan 5 gol buning isboti.

MYU "Liverpul"ni mag'lub etdi. Refshord ikki marta gol urishga erishdi va faoliyatidagi statistikani yaxshilab oldi. Bu mavsumda uning hisobida barcha turnirlarda 12 gol bor. 20 yoshli futbolchi shulardan 6tasini APL doirasida urdi. Reshford top-6 o'rindagi jamoalar bilan o'yinlarda zarbalarining 29 foizidan samarali foydalanmoqda. Bu esa endi etishib chiqayotgan yosh hujumchilar uchun yaxshi natija. Reshfordning gollari juda muhim. Axir u asosiy tarkib uchun Aleksis bilan kurash olib bormoqda. Iqtidor hali beri o'lmaydi.

Bayining chiroyli avtogoli "Liverpul" uchun yutuq bo'ldi. Mehmonlar juda ko'p hujum qildi, raqiblaridan yorqinroq o'yin namoyish etdi. Saloh o'yindan oldin MYUga gol urishni va kuchli olti o'rindagi jamoalar bilan o'yinlardagi natijalarini yaxshilay olishini vada qilgandi.

Endi Klopp jamoasi haqiqiy hayotga qaytishi kerak. Klubning himoyasi va chiziqlar o'rtasidagi bog'lanishlarda uzilishlar borligi ko'rinib qoldi. Agarda jamoaning oldingi chizig'idagi uch futbolchisidan biri safdan chiqsa, "Liverpul" buni engib o'tishi qiyin bo'ladi. Murabbiy hech kimni ayblamasligi kerak va yangi sotib olinadigan futbolchilar haqida o'ylashi lozim. Yozda bunday futbolchilar "Liverpul"ga juda muhim.

Mag'lubiyatning o'zi esa muammo bo'lmasligi kerak. Ikki klubning orasidagi farq bor yo'g'i 5 ochko. Bu esa so'nggi turlargacha kurash davom etishini bildiradi. Agarda MYU shu tarzda o'ynaydigan bo'lsa, mavsum yakuniga qadar nimanidir yo'qotishi aniq.

Vice-chempionlik uchun kurashni kichik detallar hal qiladi. Klopp vaqtlar davomida o'zgarishlarni amalga oshirdi. Biroq baribir mag'lubiyatlar jamoani tark etmayapti.

Bu o'yin qandaydir shablon ostida o'tdi. Bunda futbolning asosiy qoidalari o'z kuchini ko'rsatdi: nima uchun "Liverpul" barqaror jamoa emas, nima uchun Mourino jamoalari faqatgina pragmatik o'yin namoyish etadi...

Biroq hali hech nima hal bo'lmadi. Axir oldinda APLning eng dramatik turlari bor. Jo'jani sanaydigan vaqtlar yaqin...

Mirjalol Normatov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика