"Manchester Yunayted" ilk marotaba...
08 okt 2023 12:52
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" ilk marotaba...
Kecha "Manchester Yunayted" APL doirasida "Brentford"ni mag'lub etdi, 2:1.
SHu orqali mankunianliklar ligada ilk marotaba 90-daqiqagacha mag'lub bo'lib turgan holda, qo'shimcha daqiqalarda ikki gol urib, g'alabani ilib ketdi. 26-daqiqada MYU gol o'tkazib yuborgandi. 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Skott Maktomini 90+3 va 90+7-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g'alaba taqdim qildi. Jamoa tarixida bunday holat ECHL bahsida sodir bo'lgan bo'lsa-da, APLda bo'lmagandi.
Erik ten Xag shogirdlari 8 turdan keyin 12 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar