"Manchester Yunayted" "CHelsi" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
25 mar 2023 13:51
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "CHelsi" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
MYU "CHelsi" azosi Mateo Kovachichni safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, London klubi xorvatiyalik futbolchi bilan 2024 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida hali muzokaralarga kirishmagan.

Manba bergan xabarga ko'ra, "qizil iblislar" vaziyatdan unumli foydalanib, 28 yoshli futbolchini jamoasiga jalb qilishga umid qilmoqda. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
Kovachich 2018 yil avgust oyida "CHelsi"ga o'tgan edi. O'shandan beri u "aristokratlar" safida 211 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar