Manchester Yunayted Barselona futbolchisi uchun 90 million evro berishga tayyor
13 apr 10:20
Yangiliklar
Manchester Yunayted Barselona futbolchisi uchun 90 million evro berishga tayyor
Manchester Yunayted yozda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun harakatlarni boshlab yubordi.
Ingliz klubi «Barselona» vingeri Rafinya bilan shartnoma tuzish bo'yicha ishlarni boshlab yubordi. «Qizil iblislar» braziliyalik futbolchi uchun Kataloniya klubiga 90 million evro berishga tayyor.
Malumot uchun, Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 5 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar