So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

ECHL. "Barselona" "Old Trafford"da g'alabaga erishdi Yangiliklar

ECHL. "Barselona" "Old Trafford"da g'alabaga erishdi

ECHLning chorak finali doirasdagi "Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

"Manchester Yunayted" - "Barselona" 0:1

Gol: SHou (11-avtogol, 0:1).

"Manchester Yunayted": De Xea, Yang, Lindelof, Smolling, SHou, Dalot (Lingard, 74), MakTominey, Fred, Pogba, Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsyal, 68).

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Pike, Semedu, Rakitich, Serxio (Alenya, 90), Koutino (Vidal, 65), Artur (Serji Roberto, 66), Suares, Messi, Langle.

Ogohlantirish: Buskets (18), SHou (20), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (86).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" "Old Trafford"da ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. MYU esa omadsiz seriyasini davom ettirmoqda. Ammo "qizil iblislar" mag'lub bo'lganiga qaramay chiroyli o'yin ko'rsatib bergani uchun minnatdorlik bildiramiz. Umid qilamizki, ushbu bahs taqdiri hal bo'lmadi va Kataloniyada shunday ajoyib o'yin bo'lishini kutib qolamiz.

90+2. O'zgarish. Buskets o'rniga Alenya.

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Suaresga qarshi ko'pol o'ynagani uchun Smollingga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

85. O'zgarish. Reshford o'rniga Pereyra maydonga tushdi.

84. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!! Marsyal gol urish uchun yaqqol vaziyatni ko'kka sovurdi. U to'pni to'xtata olganida ter SHtegen bilan birga bir vaziyatga chiqib borardi.

83. Messi kutilmaganda to'pni jonli devorning pasidan zarba berdi. Biroq to'pni De Xea osonlik bilan ushlab oldi.

82. UXXXXXX!!! Penaltiga teng jarima zarbasi. Messi tepadi to'pni.

80. MYU hujumga o'tdi. Biroq Pogba raqib jarima maydonchasi ichida fol ishlatdi.

78. Bu mavsum ECHL doirasida MYU "Old Trafford"da birgina gol urdi. Uni ham Fellayni kiritgandi bir vaqtlar. SHu gol yagonaligini saqlab qoladi, chamamdi.

76. Vidalga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Lingard ogohlantirildi.

74. O'zgarish. Dalot o'rniga Lingard.

71. Fredga qarshi ko'pol o'ynagani uchun Vidal ogohlantirildi.

70. Reshfordning jarimadan bergan zarbasi muxlislarga ataldi.

69. Fred bugun ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Bu vaqtda uning faolligidan keyin jamoa to'pni olib qo'ydi va hujumga o'tdi. Xavfli jarima zarbasi.

68. O'zgarish. Lukaku o'rniga Marsyal.

67. Serji Roberto darvozabon bilan birga bir holatga chiqib borayotgandi. Ammo SHou to'pni toza tarzda olib qo'ydi.

66. ZARBAAAA!! Albaning zarbasini de Xea qaytardi.

65. O'zgarishlar. Koutino o'rniga Vidal, Artur o'rniga Serji Roberto.

65. ZARBAAAAA!! Suaresning zarbasi noaniq ketdi.

64. So'nggi 2 daqiqa MYU yarim maydonida o'tmoqda. To'p bilan "Barselona" futbolchilari.

62. Yang jarimadan to'pni "Barsa" xavfli hududiga uzatib bergandi. Biroq himoyachilar vaziyatni bartaraf etishdi.

58. Yoki Messi atayin yaxshi o'ynamayapti, yoki MYU himoyachilari argentinalikni to'liqligicha bloklab qo'ydi. Messining o'yini o'xshamayapti.

57. Fredning zarbasini Artur qaytarib yubordi.

56. "Barselona" bosim uyushtirayotgandi. Ammo Messining Albaga uzatgan pasi noaniq bo'ldi.

52. Tashabbus to'liqligicha MYU tomonida.

49. Reshford qulay vaziyatni qo'ldan boy berdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Ikki tomon ham bosim qilishga urinmoqda. Biroq vaziyatlar yo'q.

40. ZARBAAAAAAAAAA!!! "Yunayted", Dalot hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo uning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

38. Xavfli vaziyat! Yangning qanotdan uzatgan to'piga zarba beradigan "Yunayted" futbolchisi topilmadi.

36. ZARBAAAAAAAAAA!!! Himoyachilarning xatosidan keyin Koutino kuchli va aniq zarba berdi. Biroq darvozadagi devor buni qaytardi.

30. Bir tomonda MakTominey "Barselona" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bir tomonda esa Messining burnidan qon oqib, maydonni tark etdi.

28. MYUda yana bir hujum. "Barselona" himoyasi biroz tartibsiz o'ynamoqda. Ammo Yangning uzatgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

26. MYU o'yin tempini biroz oshirdi. Pogbaning uzatgan to'piga Lukaku eta olmay qoldi.

24. Lukakuning zarbasini Ter SHtegen ushlab oldi.

21. Messining xatosidan keyin MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Biroq Yangning uzun pasi noaniq bo'lib chiqdi. Ikkinchi temp bilan davom etgan hujumda Reshfordning zarbasi noaniq chiqdi.

20. Messini ushlab, to'xtatib qolgani uchun SHou ogohlantirildi.

19. Ammo Fredning jarimdan tepgan to'pi devordan o'tmadi.

18. Pogbani yiqitgani uchun Buskets ogohlantirildi. Xavfli jarima zarbasi.

11. GOL! "Barselona" hisobni ochdi. Messining havodan uzatgan ajoyib uzatmasiga Suares boshi bilan zarba berdi. To'p SHouga tekkan holda darvozaga kirib ketdi!


8. Xavfli vaziyatt!! Pogbaning to'p uzatishiga Reshford eta olmay qoldi. To'pga Ter SHtegen peshvoz chiqdi.

7. "Barselona" hujumga o'tdi. Ammo Messining zarba berishiga Fred yo'l qo'ymadi.

4. Xavfli jarima zarbasi. Biroq Reshfordning tepgan to'piga aniqlik etishmadi.

2. Ilk soniyalardanoq "Barselona" burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq bundan samara chiqmadi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика