"Manchester Yunayted" 6 oydan so'ng ilk marta safarda g'alaba qozondi
27 avg 2022 18:45
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" 6 oydan so'ng ilk marta safarda g'alaba qozondi
Bir necha daqiqalar oldin "Manchester Yunayted" APLning 4-turi doirasida "Sautgempton" maydonida kichik hisobda g'alaba qozondi.
SHu orqali Erik ten Xag shogirdlari safar o'yinlaridagi uzoq kutilgan muvaffaqiyatga erisha olishdi. Jamoa shu yilning 20 fevral kuni "Lids" maydonida 4:2 hisobida yutganidan keyin safardagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'layotgandi: "Manchester Siti", "Everton", "Liverpul", "Arsenal", "Brayton", "Kristal Pelas" va "Brentford".
SHuningdek, mankunianliklar aynan 6 oy o'tib, ketma-ket ikki g'alaba qozondi. 16 fevral kuni "Brayton" va 20 fevralda "Lids" ketma-ket mag'lub etilganidan keyin jamoa biror marta ketma-ket ikki marta g'alabaga erisha olmayotgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar