“Manchester Siti” Yoshko Gvardiolni sotib olishga yaqin
03 iyu 2023 08:56
Yangiliklar
“Manchester Siti” Yoshko Gvardiolni sotib olishga yaqin
"RB Leypcig" himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini “Man Siti”da davom ettirishga yaqin.
Nemis va ingliz jamoalari transferi bo'yicha kelishuvga erishishgan. “SHaharliklar” Yoshko uchun Germaniya klubiga 86 million funt o'tkazib beradi. Avvalroq inglizlar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
21 yoshli xorvatiyalikning "Leypcig" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million evroga baholamoqda.
Gvardiol o'tgan mavsum "Leypcig" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar