“Manchester Siti” Jezusning maoshini ikki barobar oshiradi
19 sen 2017 01:22
Yangiliklar
“Manchester Siti” Jezusning maoshini ikki barobar oshiradi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi rahbariyati jamoaning bir yo'la uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara olib boryapti.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” Gabriel Jezus, David Silva va Kevin de Bryuyne bilan shartnomalarni uzaytirishga urinmoqda.
Jezusning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi va u yiliga 3,5 million funt sterling maosh oladi. “Siti” Jezusning maoshini ikki barobar oshirishga tayyor.
2020 yilning yozigacha
shartnomasi bo'lgan Silva bilan kelishuv yana bir yilga uzaytiriladi. Kevin de
Bryuynening maoshi esa ikki barobarga oshirilib, yiliga 12 million funtga
ko'tariladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar