"Manchester Siti" futbolchisi "Barselona"ga o'tishga tayyor
18 jan 2024 18:11
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi "Barselona"ga o'tishga tayyor
"Manchester Siti" futbolchisi Kelvin Fillips faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga tayyor.
"Diario Sport" malumotiga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchining sifati jamoaga mos keladi deb hisoblamoqda. Yarim himoyachiga ham "Barselona"da ijara asosida o'ynash varianti maqul kelyapti. Biroq bu "Barselona"ning moliyaviy holatiga ham bog'liq.
Klub faqatgina yaqin vaqtlarda "Barça Studios" aktivlari sotilsa yoki biror futbolchini sotib yuborsagina angliyalikni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin bo'ladi.
"Barselona" ijara tekin bo'lsagina Fillips bilan shartnoma imzolaydi. Biroq bu "Manchester Siti"ga maqul kelmayapti.
Qayd etilishicha, Kelvin uchun "Vest Xem" varianti ham bor. London klubi qishda futbolchini to'liqligicha sotib olmoqchi.
O’xshash yangiliklar
08:46
"Agar ochkolarni yo'qotsak, hamma narsa tugaydi". Gvardiola - "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida 3
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar