"Manchester Siti" Argentina chempionatining to'purari bilan shartnoma imzoladi
31 jan 2022 19:50
Yangiliklar
"Manchester Siti" Argentina chempionatining to'purari bilan shartnoma imzoladi
"River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvares "Manchester Siti"ga o'tdi.
Ingliz klubi 22 yoshli argentinalik futbolchi bilan besh yarim yillik shartnoma imzolaganini malum qildi.
Alvares kamida iyulgacha "River Pleyt"da ijara asosida o'ynashda davom etadi.
Oldinroq "shaharliklar" Xulian uchun bonuslar va soliqlardan tashqari 18,5 million evro to'lashi xabar qilingandi.
Alvares o'tgan mavsum Argentina chempionatida 20 o'yinda maydonga tushib, 18 gol va 6 golga assistentlik qilgan holda turnirning eng yaxshi to'purariga aylangandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar