Manba: SHomurodov Turin klubiga o'tishga yaqin
29 dek 2022 12:22
Yangiliklar
Manba: SHomurodov Turin klubiga o'tishga yaqin
"Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov qishki transfer oynasida Italiyaning boshqa klubiga o'tishga yaqin turibdi.
"Sky Sport Italia" malumotlariga qaraganda, 27 yoshli futbolchi tez orada "Torino"ga o'tishi mumkin. "Buqalar" rahbariyati Petro Pellegri jarohat olib safdan chiqqach yangi hujumchi qidirish bilan band.
Qayd etish joiz, Turin klubi rahbariyati yozda ham SHomurodovni o'z jamoasiga jalb qilishga urinib ko'rgan, ammo rimliklar bilan kelisha olmagandi.
Eldor SHomurodov joriy mavsum "Roma"da deyarli o'ynamayapti. Forvard Italiya chempionatida "poytaxt bo'rilari" tarkibida bor-yo'g'i 6 ta uchrashuv o'tkazdi.
Avvalroq SHomurodovning narxi arzonlagani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar