Manba: "Barselona" Xavini ishdan bo'shatadi
24 may 2024 16:48
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesni istefoga chiqarmoqchi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
Funkcioner o'z qarorini yaqin kunlarda elon qilishi kutilmoqda. Ehtimol, dushanba kuni.
Etiborlisi, Xavining o'zi Kataloniya klubidan ketmoqchi bo'lganida tekin ketishi mumkin edi, ammo rahbariyat, jumladan, Laporta uni qolishga ko'ndirgandi. Endi "ko'k-anorranglilar" murabbiyning ishdan bo'shatilishi uchun tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.
Oldinroq "Barselona" "Bavariya"ning sobiq ustozi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar