So’nggi yangiliklar

11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  0 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  6 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   4 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  7 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  35 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30

"Man Siti" - "Lion". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi Yangiliklar

"Man Siti" - "Lion". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi

Bugun Evropa CHempionlar Ligasining so'nggi yarim finalchisi nomiga aniqlik kiritiladi. Saytimiz xodimlari "Manchester Siti" hamda "Lion" jamoalari o'rtasidagi ajoyib to'qnashuv natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

SHahboz Beg'amov — "Bavariya" va "Leycpig" haqidagi fikrlari tasdig'ini topsa ham, o'sha fikrlar uchun rosa kulganlarga haligacha javob qaytarmayotgan jurnalist

Taxminim, masala qo'shimcha taym yoki penaltilar seriyasiga qadar cho'zilishi mumkin. SHaxsan o'zim "Siti" o'tishini va yarim finalda "Bavariya" Gvardiola bilan "ko'rishishi"ni juda xohlayman. Ayniqsa rulda Flik borligida Pep bilan to'qnashish kerak. Lekin "Siti"ga oson bo'lmaydi. "Siti" ECHLda Gvardiola boshqaruvida "Lion" bilan ikki marta o'ynagan va yutmagan: durang hamda mag'lubiyat. Penaltilar seriyasi ko'rsak ham yomon bo'lmasdi. Sog'indi odam.

Alisher Xolmatov — ayni kunlarda "Rostov", "Lokomotiv" va "Spartak" (Moskva) klublarining ashaddiy ishqibozi

"Lion" yaxshi jamoa, ehtimol, barchani ajablantirishi mumkin. Lekin bu bahsda "Man Siti" yaqqol favorit. "SHaharliklar" 3:1 hisobida g'alaba qozonishsa kerak.

Abdulaziz Iskandarov — "Bunyodkor"da sodir bolayotgan so'nggi voqealardan xabar topgach, ovqat ham emay qo'ygan xodimimiz

"Manchester Siti" ushbu mavsum ECHLning doimiy favoriti hisoblanadigan "Real"ni turnirdan chiqarib yubordi. Bu esa qolgan jamoalarni sergak torttirishi shubhasiz. Lekin, "Lion" ham osonlikcha engilmasligi aniq. Rudi Garsiya ajoyib jamoani shakllantirmoqda deya olaman. Ushbu mutaxassis "Roma"da faoliyat olib borganida ham shogirdlarining bor kuchidan maksimal darajada foydalanishga intilardi. Gvardiolaga ortiqcha tarif kerak emas. Lekin, "Lion" yarim finalga yo'l oladigan bo'lsa unda "Bavariya"ning finalga chiqishi kundek ravshan bo'ladi. "Siti" yarim finalga chiqsa, chempionlik uchun intiriga saqlanib qolinadi. Menimcha darvozalarga ko'p gol urilmaydi va Siti 2:1 hisobida qo'shimcha bo'limlarda g'alaba qozonadi. Agarda bahs penaltilar seriyasigacha borsa unda Lionda ham imkoniyat saqlanib qolinadi. Yuqori temp bo'lmaydi, Lion ko'proq ehtiyotkorlika etibor qaratadi, Siti o'z uslubida harakat qiladi.

SHerzod Nurmatov — "Barselona" emas, "Arsenal"ni tanlab adashmaganiga yana bir bor amin bo'lgan xodimimiz

"Manchester Siti" "Lion"dan ancha kuchli va ortiqcha qiyinchilikka duch kelmasa kerak. Taxminimcha, Pep Gvardiola shogirdlari Rudi Garsiya yigitlarini 3:1 hisobida mag'lub etishadi.

Jaloliddin Xalilov  —  saytimizning navoiylik xodimi

Taxminimcha, "Siti" 3:1 hisobida g'alaba qozonadi. "Lion" safida Depaydan gol kutyapman.

Mirjalol Normatov — "Manchester Yunayted" tufayli ko'ngli futboldan sovib, Pepning "Siti"siga qiziqib qolgan xodimimiz

"Manchester Siti" fantastik o'yin uslubiga ega. Kechagi o'yinga o'xshagan 18+ hisobmasku, lekin yirik hisob bo'lishini kutyapman. "Manchester Siti" g'alabaga erishadi 3:0 yoki 4:1.

Narzulla Saydullaev — Faxriddinni saytga olib kelib, xato qilganini kecha anglagan bosh muharririmiz

Bugungi o'yinda "Manchester Siti" yaqqol favorit. To'g'ri "Lion" "Yuventus" to'sig'idan o'tdi, biroq "Siti" ayni paytda jismoniy tomonlama juda yaxshi formada. Gvardiola jamoasi yarim finalning so'nggi ishtirokchisi bo'lishini taxmin qilaman: 3:1.

Faxriddin Ro'ziev — juda kamtar bola

Gvardiola boshqaruvidagi "Siti"ning "Lion"ga qarshi statistikasi yomonligini bilasiz. Bugun ham "shaharliklar"ga oson bo'lmaydi. To'g'ri, "Man Siti" yaqqol favorit, lekin negadir francuzlar urib qo'yishiga ishonyapman. Katta ehtimol bilan qo'shimcha daqiqalarga ham guvoh bo'lsak kerak.

Qadrli muxlis, bugungi bahsdan siz qanday natija kutyapsiz?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика