So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Mamur Saidqosimov: “Maqsad – malakali va yuqori saviyali hakamlarni ko'paytirib borish” Yangiliklar

Mamur Saidqosimov: “Maqsad – malakali va yuqori saviyali hakamlarni ko'paytirib borish”

O'zbekiston futbol associaciyasi mamlakatimizda malakali hakamlar sonini oshirish va ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Buning samarasi o'laroq, o'zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati, Osiyo Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi kabi ko'plab xalqaro nufuzli musobaqalarda doimiy ravishda ishlab kelishmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Mamur Saidqosimov malakali hakamlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan hakamlar saviyasini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har mavsum oldidan ular ishtirokida turli seminarlar tashkil etilib, nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borilyapti.

SHu bilan birga hakamlar uchrashuvlarda halol ishlashlarini taminlash, kelishilgan o'yinlarda ishtirok etish, o'yin davomida u yoki bu jamoaga ataylab yon bosish, natijaga tasir etish kabi yomon illatlardan uzoqda bo'lishlarini taminlashga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Superliga va Pro-liga uchrashuvlarida qatnashayotgan hakamlar bilan doimiy ravishda ish olib borilyapti. Ularning har bir o'yinlardagi harakatlari chuqur tahlil qilib boriladi. Bu borada O'FAda maxsus Monitoring guruhi ishlayapti. Bu guruhdan malakali mutaxassislar joy olishgan. Ular har bir o'yin videoyozuvini diqqat bilan o'rganib chiqishadi. Har bir hakamning ishini tahlil qilishadi. Agar hakam harakatlari shubha uyg'otsa, mazkur holat bo'yicha tekshiruv olib boriladi.
Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani aniqlangan, poraxo'rlik kabi illatlarga berilgan, turli qing'ir ishlarga aralashgani aniqlangan hakamlarga nisbatan qatiy choralar ko'rilishini ham takidlab o'tmoqchiman. Ular butun umrga futboldan chetlatiladi.

SHu sababli hakamlardan har xil “o'yinlar”ga aralashmasdan, halol hakamlik qilishlarini, o'z vazifalarini sidqidildan bajarishlarini so'rab qolaman.

Biz yosh hakamlarni tayyorlash bo'yicha ham katta hajmdagi ishlarni olib bormoqdamiz. Maqsad – malakali va yuqori saviyala hakamlarni ko'paytirib borish. O'zbekistonlik hakamlar butun dunyoda o'z nufuziga, o'ziga yarasha obro'ga ega. Yosh hakamlar ham ana shu nufuzni yanada oshirishga harakat qilishlari zarur. Buning uchun esa turli qing'irliklarga aralashmay, halol hakamlik qilib, o'z ustilarida ko'proq ishlab, xalqaro o'yinlarda ishlashga intilishlari zarur.

Umid qilib qolamizki, olib borilayotgan chora-tadbirlar albatta o'z samarasini berib, hakamlarimizning nufuzi yanada ortib boradi”, - dedi Mamur Saidqosimov.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика