So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Malayziya terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Malayziya terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz?

Bugun, O'zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya poytaxti Ammam shahrida Malayziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Quyida bugungi raqibimiz borasida ayrim malumotlarni taqdim etamiz. 

Malayziya milliy terma jamoasi 1963 yildan boshlab FIFAga azo bo'lgan va o'sha yilda dastlabki uchrashuvini Tailand (1:1)ga qarshi o'tkazgan. Terma jamoa 1976 yilda Osiyo Kubogining guruh bosqichida ishtirok etgan. Guruhda Quvayt va Xitoyga qarshi bahs yuritgan bugungi raqibimiz so'nggi o'rinni olib, musobaqani erta yakunlagan. Oradan to'rt yil o'tib, navbatdagi qita chempionatida “B” guruhida to'p tepgan Malayziya, 3-o'rinni qo'lga kiritgan. Biroq keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddasidan chiqa olmagan. O'shanda guruhda ularga qarshi Janubiy Koreya (1:1), Quvayt (1:3), BAA (2:0) va Qatar (1:1) raqiblik qilgan. 

Darvoqe, Malayziya terma jamoasi 1974 yilning 7 sentyabr kuni Eronda o'tkazilgan Filippinga qarshi kechgan bahsda tarixidagi eng yirik g'alabani qo'lga kiritgan, 11:0. 

2015 yilning 3 sentyabr kuni BAAga qarshi kechgan bahsda esa o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan, 10:0.

FIFA reytingidagi o'rni

Sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, raqibimiz FIFA reytingida 154-o'rinni egallagan. Terma jamoaning eng yuqori ko'rsatkichi 1993 yilning avgust oyishga to'g'ri keladi. o'shanda ular FIFA reytingida 75-o'rinni qayd etishgan. Eng yomon ko'rsatkich 178-o'rin bo'lib, 2018 yilning mart oyi natijalariga to'g'ri kelgan. 

2021 yildagi o'yinlari

Malayziya terma jamoasi 23 may kuni norasmiy o'rtoqlik uchrashuvida Quvaytga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 28 may kuni esa Bahraynga qarshi kechgan xalqaro o'rtoqlik bahsda mag'lubiyatga uchradi, - 2:0. 

3 iyun kuni JCH-2022 saralash bosqichi doirasida BAA (0:4), 11 iyun kuni Vetnam (1:2) va 15 iyun kuni Tailand (1:0)ga qarshi bahslarda maydongga tushdi. O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan 6 oktyabr kuni Iordaniyaga qarshi bahs yuritdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. 

Bosh murabbiy

Terma jamoa ustozi Tan CHeng Xoe 2017 yildan buyon “yo'lbarslar”ni boshqarib kelmoqda. U bunga qadar mamlakatning yoshlar terma jamoalarida va “Kedah” klubida ham faoliyat ko'rsatgan. Unga Balachandran  va Azmin Azram Abdul Azizlar yordam berib kelmoqda. Slovakiyalik Martin Stano esa fitness murabbiy sifatida ekanligini aytib o'tish lozim.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика