Malayziya terma jamoasi futbolchisiga kislota sepildi
06 may 2024 18:47
Yangiliklar
Malayziya terma jamoasi futbolchisiga kislota sepildi
Malayziya va "Selangor" jamoasi hujumchisi Faysal Halim jabrdiydaga aylandi.
Ushbu hodisa Petaling-Jayadagi savdo markazida bo'lib o'tdi. Gumonlanuvchi sifatida 20 yoshli yigit hibsga olingan. Futbolchi bo'yni, elkasi, qo'li va ko'kragidan ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va uning ahvoli barqaror.

Ayni paytda jinoyat sabablari aniqlanmoqda. Selangor sultoni SHarafutdin Idris xavotir bildirdi va huquq-tartibot idoralarini hujum futbol bezoriligi bilan shug'ullangan guruh tomonidan amalga oshirilgani ehtimolini tekshirishga chaqirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar