So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Malaka oshirish institutida 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab xotira tadbiri o'tkazildi Yangiliklar

Malaka oshirish institutida 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab xotira tadbiri o'tkazildi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar malaka oshirish institutida 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab xotira tadbiri o'tkazildi.

Tadbirga o'zbek futboli afsonasi To'lagan Isoqov, “Bunyodkor” jamoasida ancha yillardan beri ishlab kelayotgan Vyacheslav Soloxo va mashhur murabbiy Ravshan Xaydarov mehmon sifatida ishtirok etishdi. Bugungi xotira tadbirida asosan “Paxtakor-79” jamoasining futbolchilari yod olindi. SHuningdek, nafaqat o'zbek futboliga, balki o'zbek sportining rivojiga katta hissa qo'shgan marhum sport arbobi Mirabror Usmonov xotirlandi. Uchrashuv davomida To'lagan Isoqov afsonaviy “Paxtakor-79” jamoasi haqida ko'plab qiziq malumotlarni aytib o'tdilar.

"Bu jamoa safida men ham bo'lishim mumkin edi. Jamoamiz 8 may kuni Toshkentdagi uchrashuvda g'alaba qozongandi va shundan so'ng Minskga uchib ketishi lozim edi. O'sha vaqtda oyog'imda jiddiy jarohat bor edi. Ular Minskga, men esa Moskvaga jarohatimni davolash uchun ketganman. 11 avgust kuni shum xabarni eshitishim bilan Toshkentga qaytib kelganman. Bu holatdan shokda edim, hali ham bu voqea bo'lganiga ishonmasdim. Bu voqeadan so'ng boshqa futbol o'ynay olmadim. 

Doim jamoadoshlarim ko'zimga ko'rinardi. SHundan so'ng menga “Paxtakor”ning ikkinchi jamoasiga murabbiy bo'lishni taklif qilishdi. Vaqt o'tdi, “Paxtakor” yangi futbolchilar orqali qaytadan tuzildi. Birinchi uchrashuvni Erevan jamoasiga qarshi o'tkazib, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldik. Ikkinchi bahsda esa Toshkentda Tbilisining “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. “Dinamo” futbolchilari ochiqchasiga o'sha uchrashuvda mag'lub bo'lishlarini aytishgandi va ular so'zlarida turib 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Bilasizlarmi? O'sha mavsumda Tbilis jamoasi ikkinchi o'rinni olishgan va chempiondan ikki ochko kam to'plashgan edi... “Paxtakor-79” jamoasini doim qalbimizda saqlashimiz kerak",-deb fikr bildirdi “Paxtakor” afsonasi.

SHundan so'ng tadbir qatnashchilari uchun “Paxtakor-79” jamoasining aviahalokatga uchragan joyda qad rostlagan manumentlar haqidagi video namoyish etildi.

SHuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga Ravshan Xaydarov, Vyacheslav  Soloxo va Asqar Tolibjonov javob berishdi. 



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика