So’nggi yangiliklar

00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  11 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  25 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  89 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1015 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  10 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9

Maksimilian Fomin: "Metallurg" deyishsa, kelishilgan o'yinlar hayolga keladi..." Yangiliklar

Maksimilian Fomin: "Metallurg" deyishsa, kelishilgan o'yinlar hayolga keladi..."

O'zbekiston 24-milliy chempionati oliy ligasida mavsum yakunlanishiga ikki tur qolgan bir paytda hali rasman chempion nomi aniqlangani yo'q.

To'g'ri, kechagi Qarshidagi g'alabadan so'ng “Paxtakor”ning chempion bo'lishi deyarli aniq bo'lib qoldi. Lekin hali rasman emas. “Lokomotiv”da ham imkoniyat saqlanib qolgan. SHuningdek, kelasi yili 1-ligada o'ynaydigan jamoalar ham oydinlashgani yo'q. Ammo, bunga davogarlar etarli. Quyi ligaga ravona bo'ladigan jamoa ham aynan kelasi turda aniqlanishi mumkin. O'n oltinchi o'rinni egallash uchun eng asosiy davogarlardan biri “Buxoro” jamoasi edi. Buxoroliklar 28-turda Bekobodning “Metallurg” klubi maydonidan g'alaba (2:1) bilan qaytishga muvaffaq bo'lishdi va tabiiyki, vaziyat yana chigallashdi. Biz aynan mana shu uchrashuvdan so'ng “Buxoro” jamoasi himoyachisi, g'alaba to'pi muallifi Maksimilian Fomindan intervyu oldik.

- Maksimilian, so'nggi turda Bekobodda ajoyib natijaga erishdinglar. Nimaning hisobiga 3 ochkoni qo'lga kiritdik, deb o'ylaysiz?
- Haqiqatan ham, bu ajoyib g'alaba edi. Muhimi, biz bu g'alabaga haqli ravishda erishdik. Bundan avvalgi o'yinlarda ham juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. Lekin yuzaga keltirilgan havfli vaziyatlardan oqilona foydalana olmadik. Buning natijasida qimmatli ochkolarni boy berdik. Durang va mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yinlarimizning aksariyatida g'alaba qozonishimiz kerak edi. SHularni inobatga olgan holda, “Metallurg” bilan bo'ladigan o'yinga jiddiy tarzda hozirlik ko'rdik. Agar Bekoboddagi o'yinda ochko yo'qotsak, muddatidan avval oliy ligani tark etishimizni hammamiz birdek tushunib turgandik. Bu biz uchun so'nggi imkoniyat edi. Xato qilishga aslo haqqimiz yo'q edi. Maydonga faqat 3 ochko ilinjida tushgandik, shukrki, yakunda o'z maqsadimizga erishdik. Keyin o'sha kuni omad biz tomonizda ham bo'ldi.

- Ikkala gol ham burchak to'pidan so'ng kiritildi. Muhimi, g'alaba to'piga aynan  siz mualliflik qildingiz...
- So'nggi paytlarda biz mashg'ulotlarda standart vaziyatlar ustida juda ko'p ishladik, ayniqsa, burchak to'plarida. Guvohi bo'lganingizdek, har ikkala golimiz ham burchak to'pi uzatilganidan keyin darvozaga kiritildi. Etiborga molik jihati shundaki, bu ikkinchi davrada burchak to'pidan kiritgan ilk golimiz edi. Bitta o'yinning o'zida ikki bor burchak to'pidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildik. Bu juda yaxshi natija. G'alaba to'pini kiritganim esa ikki xissa quvonchli voqeylik bo'ldi. Lekin birinchi galda jamoamning g'alabasi men uchun muhimroq. SHaxsiy natijalar ikkinchi o'rinda turadi.

- Mana g'alaba qozonsa bo'larkanu, nega shuni ertaroq boshlamadinglar?
- Tan olish kerak, “SHo'rtan” va “Navbahor” jamoalari bilan kechgan o'yinlarda omad ochiqchasiga bizdan yuz o'girdi. Ayniqsa, “Navbahor” bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Lekin ularni golga aylantira olmadik. Aksiga olib, himoyada ham qo'pol va yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'ydik. 


- “Metallurg” - “Buxoro” o'yiniga ayrimlar shubha bilan qarayapti. Uchrashuv kelishilganmikan, degan fikrlar ham bo'ldi. Siz bunga nima deysiz?
- Bilasizmi, “Metallurg” jamoasi haqida gap ketsa, futbol jamoatchiligi va odamlarning hayoliga keladigan birinchi fikr bu - kelishilgan o'yinlar bo'ladi. Ayniqsa, “Paxtakor” bilan bo'lib o'tgan o'yin va uning ketidan ro'y bergan voqealardan so'ng bu jamoadan shubha qiladiganlar soni keskin ortib ketdi. Xuddi olovga yog' sepgandek bo'ldi. Men boshqa o'yinlarning qanday maqomda bo'lganiga javob bermayman va bu bilan ishim ham yo'q. Lekin shunisi aniqki, “Metallurg” bilan o'yinimiz toza bo'ldi. Hech qanday kelishuv degan narsaning o'zi bo'lgani yo'q. Bunga ishonchim komil. Agar bu o'yinga shubha bilan qaraydiganlar bo'lsa, bemalol uchrashuv diskini ko'rishlari mumkin. Bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz.

- Oliy ligada qolish uchun oxirgi ikkita o'yinda g'alaba qozonish kerak. Buni uddalay olasizlarmi?
- Eng muhimi, hammasi o'zi qo'limizda. Agar siz aytgandek, ikkala uchrashuvda ham zafar quchsak, “Buxoro” jamoasi kelasi mavsumda ham oliy ligada o'ynaydi. SHunday ekan, maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz. “Neftchi” bilan uyda, to'g'ridan-to'g'ri asosiy raqib “So'g'diyona” bilan safarda o'ynaymiz. Oldinda bizni juda ham qiyin o'yinlar kutib turibdi. “Neftchi”ning o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasiga yutqazib qo'ygani bizni chalg'itib qo'ymasligi kerak. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

- “Buxoro” jamoasida qolishingiz klubning oliy ligadagi o'rnini saqlab qolishiga bog'liqmi?
- SHunday desa ham bo'ladi. Lekin hozir bu haqida o'ylayotganim yo'q. Birinchi galda jamoani oliy ligada olib qolish kerak. Bor etiborimizni shunga qaratganmiz.

- Takliflar bo'lyaptimi?
- Albatta, takliflar etarli. Ammo, yuqorida aytganimdek, hozir bu haqida o'ylamayapman. Oliy liga yakunlanishiga ikkita tur qoldi. SHundan keyin vaziyatga qarab ish tutaveramiz. Men olimpiya terma jamoasi futbolchisiman. Qaror chiqarishimda bu ham muhim rol o'ynaydi.

- Oliy ligani qaysi jamoa tark etadi?
- Bu men uchun qiyin va yomon savol (kuladi). SHunisi aniqki, kurash so'nggi turgacha davom etadi.

- Kim chempionat to'purari bo'ladi?
- Igor Sergeev!


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика