So’nggi yangiliklar

12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  6 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  8 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  1 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  3 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  7 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  3 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  1 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   7 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  15

Maksim SHackix: "Yozgi transferlar oynasidagi rejamizni to'liq bajardik. Elit Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokimiz ham qiziqarli kechishi aniq" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Yozgi transferlar oynasidagi rejamizni to'liq bajardik. Elit Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokimiz ham qiziqarli kechishi aniq"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix ikkinchi davra oldindan saytimizga intervyu berdi.

- Superliga jamoalari ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashdi. "Paxtakor" jamoasini yig'inlari qanday o'tmoqda?

- Barchasi rejamiz bo'yicha ketmoqda. 17 iyul sanasida yig'inlarga kirishdik. Bugun dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Keyingi raqiblarimiz ham aniq. Intensiv mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz.

- "Paxtakor" jamoasi yozgi transferlar oynasida katta o'zgarishlarga qul urdi. Milliy terma jamoa va olimpiya terma jamoasi futbolchilari jamoaga kelib qo'shildi. Tanaffusdagi o'zgarishlar haqida gapirib o'tsangiz?

- Ikki nafar futbolchini ko'rikdan o'tkazmoqdamiz. Otabek Jo'raqo'ziev va Ulug'bek Hoshimovlar bugungi o'yinda ishtirok etishdi. Yozgi transferlar oynasidagi rejamizni to'liq bajardik. Biz uchun bu yaxshigina kuchayish bo'ldi. O'z yo'limizda davom etmoqdamiz. Yosh futbolchilarni jamoamizga qo'shib oldik. Ular terma jamoaning keyingi avlodi. Ayrim bir futbolchilarimiz olimpiya terma jamoasi bilan Parij olimpiadasiga yo'l olishdi. Olimpiya o'yinlari faoliyat davomida bir marotaba bo'lishi mumkin. SHu sababli, bu futbolchilar uchun ajoyib imkoniyat.

- "Paxtakor" jamoasi terma jamoaga futbolchi etkazib beradigan eng asosiy donorlardan biri hisoblanadi. Olimpiya terma jamoasiga yo'l olgan futbolchilarning jismoniy holati yomonlashishi mumkinmi? Sababi ular deyarli dam olishmaydi.

- To'g'ri. Ushbu jihat o'yinimiz sifatiga tasir o'tkazishi mumkin, ammo u yigitlar ancha aqlli. Ular jamoaga tez kirishib ketishadi degan umiddaman. Barchasiga vaqt kerak.

- "Paxtakor" ikkinchi davrada o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ydi? Jamoa uch musobaqa ishtirok etadi.

- Vazifamiz hech qachon o'zgarmagan. CHempionlik va kubokni qo'lga kiritish. "Paxtakor"da boshqa maqsadlar bo'lishi mumkin emas. Turnir jadvaliga to'xtaladigan bo'lsak, biz hozir yaxshi holatdamiz. O'yin sifatida bo'yicha esa biroz stabillik etishmadi. Biroq barchasi oldinda, ikkinchi davra juda qiziqarli bo'lishi aniq. Osiyo chempionlar ligasiga haqida ko'p qayg'urish kerak emas deb o'ylayman. To'g'ri, biz mintaqaning eng kuchli jamoalariga qarshi o'ynaymiz, ammo bu biz uchun katta tajriba bo'ladi. Biz yangi jamoa yig'dik. Albatta, o'zimizning rejalarimiz ham. Eng muhimi - yosh futbolchilar to'playdigan tajriba. Qiziqarli musobaqa bo'lishi aniq.

- Tajribali raqiblar haqida gapirib o'tdingiz. Osiyoning eng kuchli jamoalariga qarshi "Paxtakor" autsayder jamoaga aylanib qolmaydimi?

- Biz har bir uchrashuvda imkon qadar kurashamiz. Ular bizdan kuchli degani, ular osongina g'alaba qozonadi degan emas. Bu futbol va nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Biz o'z mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga intilamiz. To'g'ri, ular bizdan yaxshiroq tarkibga ega, ammo bizda tajribali o'yinchilar etarlicha. Kurashishda davom etamiz. Barchasi sentyabrda boshlanadi. Yakuniy xulosalarni fevral oyida chiqaramiz. Eng muhimi biz zich jadvalni engib o'tishimiz kerak. Jismoniy holatimizni yaxshilab olishimiz kerak. Olimpiya o'yinlaridan qaytadigan futbolchilarimizga esa kichik dam beramiz. Olimpiya terma jamoasiga omad tilayman.

- Olimpiya terma jamoasi haqida ko'p gapirib o'tdingiz. Ukraina yoshlari ham Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishmoqda. Ukraina olimpiya terma jamoasida haqida gapirib o'tsangiz?

- To'g'risini aytsam, anchadan beri Ukraina yoshlar terma jamoasini kuzatmadim, lekin Ukraina yoshlari har doim yaxshi natijalar qayd etib kelishgan. Umid qilamanki, O'zbekiston va Ukraina yoshlari guruhdan chiqa olishadi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика