Maksim SHackix va nihoyat "Nasaf"ni mag'lub eta oladimi? "Nasaf" - "Paxtakor" to'qnashuviga prevyu
10 avg 16:20
Yangiliklar
Maksim SHackix va nihoyat "Nasaf"ni mag'lub eta oladimi? "Nasaf" - "Paxtakor" to'qnashuviga prevyu
O'zaro o'yinlar tarixi
Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, chempionatlarda jamoalar jami 52 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 30tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 11 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 11 o'yinda g'alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 79 bor ishg'ol qilgan "sherlar" darvozasidan 48 gol o'tkazib yuborgan.
Qarshidagi 27 to'qnashuvda esa "Paxtakor" 9 g'alaba, 8 durang va 9 mag'lubiyat qayd etgan. 26 gol urgan poytaxt klubi o'z darvozasidan 33 to'p o'tkazib yuborgan. Qarshidagi o'yinlardagi g'alabalarda tarozi pallasi teng kelib turibdi. Bugun esa ikki jamoadan biri ustunlikni o'z tomoniga og'dirishi mumkin.
Qarshida o'tkazilgan so'nggi 5 bahs
15.08.2024. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0
07.05.2022. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0
10.03.2021."Nasaf" - "Paxtakor" 2:3
25.11.2020. "Nasaf" - "Paxtakor" 3:0
23.11.2019. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:2
So'nggi uchrashuv
Jamoalarning so'nggi to'qnashuv uch oy avval O'zbekiston Superkubogi finali bahsiga to'g'ri kelgan edi. 29 may kuni "Bunyodkor" o'tkazilgan uchrashuvda "Nasaf" penaltilar seriyasida 3:4 hisobida "ajdarlar"ning qo'li baland kelgan.
O'zbekiston Superkubogi
"Paxtakor" – "Nasaf" 1:1
29 may. "Bunyodkor" stadioni. 14140 tomoshabin.
Bosh hakam: Aziz Asimov
Gollar: Dragan CHeran (54-pen, 1:0), SHarof Muhiddinov (80, 1:1).
"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov (15. Diyor Ortiqboev, 86), 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Holmatov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 22.Umar Adhamzoda, 31.Muhammadali Usmonov (99. Husayn Ergashboev, 90+2), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (6. Murodjon Rahmatov, 73), 14.SHarof Muhitdinov, 27.Islom Kenjaboev (30. Temur CHogadze, 74), 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (10. Bobir Abdixoliqov, 73), 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (20. Viktor da Silva, 73), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9. Javohir Sidiqov, 83).
Ogohlantirish: Islom Kenjaboev (68).
O'zaro o'yinlardagi to'purarlar
"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi o'zaro bahslarda ikki jamoa safida ham faoliyat yuritishga ulgurgan Dragan CHeran. Serbiyalik legioner safida 8ta gol mavjud. CHerandan keyingi to'purar esa Igor Sergeev. "Paxtakor" sobiq hujumchisi "Nasaf" darvozasiini 6 marotaba ishg'ol etgan.
8 - Dragan CHeran
6 - Igor Sergeev
5 - Anvar Soliev, Ismael Gonsalvesh
4 - Aleksandr Geynrix, Server Jeparov
3 - Dilmurod Nazarov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Zafar Xolmurodov.
CHetlatishlar
Turning markaziy uchrashuvini "Paxtakor"ning ikki nafar futbolchisi Abdurauf Bo'riev va SHahzod Azmiddinovlar o'tkazib yuboradi.
Maksim SHackix "Nasaf"ni mag'lub eta olmayapti
2022 yil yozida "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida tayinlangan Maksim SHackix shu kunga qadar "Nasaf"ga qarshi 6 bahsda ishtirok etdi. Qizig'i shundaki, Maksim SHackix hali biror marotaba "ajdarlar"ni mag'lub eta olmayapti, 6ta bahsda 4ta durang va 2ta mag'lubiyat.
Ekspert fikri
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sanat SHixov bugungi uchrashuv haqida qo'yidagicha fikr bildirdi:
"Turning markaziy va bugungi kunning eng yaxshi taktik murabbiylari to'qnashuvi. Davralar oralig'ida "Paxtakor" sezilarli darajada kuchaydi. "Nasaf" ham sifatli futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. O'yin durang bilan yakunlanishini taxmin qilaman. Qanday natija bilan tugasa ham qiziqarli qarama-qarshilik bo'lishi aniq. Taxminiy hisob 1:1"
Transferlar
Birinchi davradagi qoniqarsiz natijalardan so'ng "Paxtakor" yozgi transferlar oynasida asosiy "ovchi"lardan biri bo'ldi. Olimpiya terma jamoasi azolari Abdrauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimovlar Parijdagi Olimpiya o'yinlaridan so'ng jamoa safiga kelib qo'shildi. SHuningdek, Otabek Jo'raqo'ziev va Mahmud Mahamadjanovlar ham "sherlar" safiga o'tdi. So'nggi mavsumda Birlashgan Arab Amirliklarining "Xorfakkan" klubida to'p tepgan himoyachi Abdulla Abdullaev ham amaldagi chempion bilan shartnoma tuzdi. Yozgi transferlar oynasida "Paxtakor" eng muvaffaqiyatli haridlarni amalga oshirgani shubhasiz. Jamoani esa bir nechta yosh futbolchilar tark etdi. Abbos Ergashboev va Abubakr Ashurovlar "Metallurg" jamoasiga ijaraga berildi. Sunatilla Poyonov esa mavsumning ikkinchi qismini "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. Nurlan Ibragimov va Timur Odilovlar esa "Olimpik-MobiUz" jamoasiga o'tishdi. Yosh futbolchi Mirkomil Abdurazzoqov esa "Olimpik" safiga yo'l oldi.
"Nasaf" jamoasi esa jarohatlangan Alibek Davronovning o'rnini bosish uchun variantlar izladi. "Surxon" futbolchisi SHohjahon Sultonmurodov va "Lokomotiv" himoyachisi Dilshod Komilovlar ikkinchi davrada "Nasaf" safiga harakat qilishadi. Asli kelib chiqishi sudanlik Valentin Yuel va serbiyalik Stefan Kolovichlar endi "Nasaf" jamoasi liboslari ostida harakat qilishadi. Yozgi transferlar oynasida jamoani tark etgan yagona futbolchi gruziyalik legioner Temur CHogadze bo'ldi. Gruziyalik futbolchis va klub o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.
Abdulvosit Bektemirov tayyorladi
Fikrlar