So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Maksim SHackix: “Ummonga 2:4 hisobida yutqazganimizda Salkov meni nima uchun almashtirganini bilmayman” Yangiliklar

Maksim SHackix: “Ummonga 2:4 hisobida yutqazganimizda Salkov meni nima uchun almashtirganini bilmayman”

Yaqinda bir o'yin tarixi loyihasi orqali JCH-2002 saralashidagi safarda Ummon bilan kechgan, futbolchilarimiz 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan uchrashuv haqida fikrlashgandik.

Kuni kecha o'tkazilgan “Tezkor Studiya”da Maksim SHackix va Alisher Nikimbaev mazkur shubhali o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

“Ha, haligacha bu o'yin haqida ko'p savol berishadi. Lekin, bahs sotilgan degan fikrga qo'shilmayman. Turli gap-so'zlar, mish-mishlar ko'p tarqalgan. Futbolchilarni ichiga pullarni berkitgani, uni topib olishganini va shunga o'xshash gaplar bolalagan. SHaxsan men bu voqeaga ishonmayman, o'yin kelishilgan degan narsalarga ham umuman ishonmayman. Safardan qaytgach, Vladimir Salkov bilan shaxsan gaplashgan edim, Davron Fayziev jarohat olgani sabab ikkinchi taym boshida o'ynay olmaganligini, Ummon esa o'sha 7 daqiqada ikkita gol urganini aytgandi. Murabbiy Fayziev jarohat olganini tanaffusda bilganida uni tanaffusda almashtirardi. Murabbiy o'sha jarohat hamma narsani o'zgartirib yuborgani, mag'lubiyatga sabab bo'lganligi takidlagan”,- deydi Nikimbaev. 

Bir o'yin tarixi. Salkovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud Ummon - O'zbekiston 4:2         

“Birinchi taymdan keyin meni nima uchun uchun almashtirganini bilmayman va tushanmayman, jarohatim yo'q edi. Menga hech kim tushuntirmagandi ham. Ich kiyimlarimizdan pullar topib olishgan degan gapga o'zim ham hayron qoldim. Bu haqida o'ylagim ham kelmaydi. Lekin, ko'p narsa esimdan chiqib ketgan, shuning uchun aniq biron gap ayta olmayman. Futbolda hamma xato qiladi. Ikki xil taym o'tkazganmiz. Birinchi bo'limda Ummon hatto maydon markazigacha kela olmagan. Ikkinchi bo'limda umuman boshqacha jamoaga aylanib qolganmiz. Endi bu murabbiylarning qarori, balki futbolchiga dam berishni istagandir”,- deydi terma jamoamiz sobiq hujumchisi Maksim SHackix.


Quyida "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin:


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика