Maksim SHackix: "Suniy maydon va 40 daraja issiq – bu futbolchilarning ustidan kulish"
03 iyu 2023 20:38
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Suniy maydon va 40 daraja issiq – bu futbolchilarning ustidan kulish"
- O'yin, "Aral" va stadion haqida fikringiz qanday?
- Nimadir deyish qiyin. Suniy maydon va 40 daraja issiq – bu futbolchilarning ustidan kulish. Sizlar bu erda chempionatning har bir turida o'ynaysizlar, ammo buni tasavvur qilish qiyin. Fevral, mart oylarida bo'lganda ham osonroq bo'lardi. Gap havoda ham emas. O'z yoshlarimizni takshirib oldik. O'ynashlariga imkon berdik. Ularga harakat qilishgani uchun rahmat. Bu erda o'tirishning o'zi bizga qiyin bo'ldi, ular bo'lsa yugurib futbol o'ynashdi. Vazifamizni bajardik. "Aral"ni g'alaba bilan tabriklayman. "Aral"ga qoyil, muxlislarni xursand qilishdi.
- Nematullo Quttiboev yaqinda o'z yubileyini nishonlaydi. Siz u bilan terma jamoada o'ynaganmisiz?
- Yo'q, u mendan ancha katta edi. Akam bilan birga o'ynagan. Uni tabriklayman. Eng muhimi sog'liq va uzoq umr tilayman. Hayotda omad yor bo'lsin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar