So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Maksim SHackix: "Paxtakor"ning qonida chempionlik bor" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor"ning qonida chempionlik bor"

Superliga 24-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida g'alaba qozondi.

Paxtakor

Dostonbek Hamdamov - 5', Xozhiakbar Alizhonov - 48'

Superliga. 24-tur

02/11/2022, 18:30

0
:
2
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
5'  Dostonbek Hamdamov
5'  Sardor Sobirxo’jayev
39'  Azizbek Turg’unboyev
48'  Xozhiakbar Alizhonov
48'  Odiljon Hamrobekov
67'  SHahzod Azmiddinov (Oleksandr Nasonov)
85'  Odiljon Hamrobekov (Ikrom Aliboyev)
89'  Sardor Sobirxo’jayev (Muhammadali O'rinboyev)
19'  Iskandar SHaykulov
55'  Luka CHermel (Hislat Halilov)
58'  Shohruz Norxonov (Samandar Mavlonqulov)
75'  Abdujalil Manazarov (Ayubxon Nomanov)
75'  Jasur Hasanov O (Bahodir Nasimov)
75'  Iskandar SHaykulov (YUre Obshivach)


"So'g'diyona" bilan bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'yin haqida fikrlarini aytib o'tdi.

- O'yindan qoniqdim. Mashg'ulotlarda ishlangan holatlarni bajara oldik. Birinchi bo'limning o'zida ko'plab vaziyatlar yaratdik, o'yin taqdirini hal qilish uchun imkoniyatimiz bor edi. Ikkinchi bo'limda ham tezkor gol urib, nazoratni saqlab turdik. Nafaqat natija, balki namoyish etilgan futboldan ham ko'nglim to'ldi. Yaxshi saviyada o'ynadik.

- Markaziy himoyachilarning o'yinidan qanchalik qoniqyapsiz? Bungacha Azamov o'ynardi va u birinchi pas berishda yaxshi edi. Hozirgi himoyachilarga qanday baho berasiz?

- Ularni solishtirish noto'g'ri. Himoyachilarimizning barchasi turlicha. Hozir Doston va SHahzod markazda ishonchli o'ynashmoqda. Ularga etiroz yo'q. SHerzodga esa tezroq tuzalib safga qaytishini tilayman. Raqobat va tanlov imkoniyatining borligi doim yaxshi.

- Nasonov va Martinovich boshqa himoyachilarga raqobatda yutqazishdimi?

- Ularda hech qanday muammo yo'q. Har bir raqibga alohida tayyorlanamiz. Ayni paytda himoyachilarni almashtirishdan mano ko'rmayapman. Futbolda asosiy tarkibga 15 emas, 11 o'yinchini kirita olamiz.

- Hozir uchta klub chempionlik uchun kurashmoqda. Siz tabiiyki birinchi yildayoq chempion bo'lishni istaysiz. Ammo qaysi xatolar tufayli muhim ochkolar yo'qotilgani tahlil qilindimi? Keyingi yilga selekciya ishlari boshlandimi? Kimlar keladi?

- Kimlar kelishini keyingi yil bilamiz. Yangi mavsumda klub yaxshi tomonga o'zgaradi. Kelasi yil boshqacha, kuchliroq "Paxtakor"ni ko'rasiz. Mashg'ulot va yangi murabbiyning futboliga ko'nikish uchun hammaga vaqt kerak bo'ladi. "Paxtakor" o'zbek futbolining etakchisi. Biz har doim eng yaxshisi bo'lish va istalgan raqibni mag'lub etishga qodir bo'lishimiz kerak.


Faqat ishlamagan odam xato qilmaydi. Xatolarni albatta tahlil qildik, bazi o'yinlarda to'p shunchaki darvozaga kirishni xohlamadi.

Oldimizda yana ikki uchrashuv bor. Ularda ham zafar quchib, kurashni oxirigacha davom ettiramiz. "Paxtakor"ning qonida chempionlik bor.

- Bir necha yil oldin "Paxtakor"da ikkita teng tarkib bor edi, hozir esa vaziyat o'zgacha. Ayni damda rotaciya bo'yicha muammolar bormi?

- Albatta bor. Zaxira o'rindig'ini ko'rib turibsizku. Qiyin. Istaganimizcha futbolchilar yo'q. Mavsum yakunini kutamiz. Kimdir ketadi, kimlardir keladi. Hayot shunaqa. Ayni damda o'yinni kuchaytiradiganlar kam, bazilar jarohat olgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика