So’nggi yangiliklar

18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 18:25Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 0:0 (матнли трансляция)  21 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  5 17:44АПЛда ўтган ойнинг энг яхши футболчиси аниқ!  0 17:31АПЛда ўтган ойнинг энг яхши мураббийи аниқланди  0 17:22Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 2:0 (матнли трансляция)  6 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  18 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  4 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6 15:23Парагвай U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон – режалаштирган вазифани жуда яхши бажарадиган жамоа"  4 15:10Аргентина терма жамоасининг бўлажак ўйин учун қайдномаси эълон қилинди  0 14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  4 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  8 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0

Maksim SHackix "Paxtakor" tarixida eng ko'p akademiya tarbiyalanuvchisidan foydalangan murabbiy bo'ldi Yangiliklar

Maksim SHackix "Paxtakor" tarixida eng ko'p akademiya tarbiyalanuvchisidan foydalangan murabbiy bo'ldi

Kecha Toshkentning "Paxtakor" klubi Gruziyaning "Samgurali" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etgandi.

Bu bahs o'ziga xos sabab bilan klub tarixiga kiradigan bo'ldi.  

"Asosiy tarkibning 11 nafar futbolchisi ichida Sanjar Quvvatovdan tashqari qolgan barcha futbolchilar "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo'ldi. Bu 9 nafar futbolchimiz ayni paytda Ravshan Haydarov qo'l ostida O'zbekistondagi Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan bir paytdagi vaziyat.

Kechagi tarkibga nazar tashlasak, u erda Muhammadqodir Hamraliev (2001, Stanislav Kudryashov), Diyor Xolmatov (2002, Timur Alimxo'jaev va Dilshod Nuraliev)ni katta futbolchi sifatida ko'ramiz. Vaholangki, bular endi 21-22 yoshni qarshi olyaptilar. 2004 yilda tavallud topgan va Olim SHokirov qo'l ostida katta bo'lgan Abdumajidov, Poyonov, Todorov, O'ktamov, Beglarxonov hamda Turdimurodov. Farhod Nishonovning 2005 yilda tarbiyalaganlaridan O'rinboev va Saidnurullaev. Yana o'yinda qatnashmaganlar orasida Xojiakbar Alijonov (1997, Jasur Abduraimov) va SHahzod Azmiddinov (2000, Timur Olimxo'jaev).

"Paxtakor" jamoasining falsafasi akademiyadan tavallud topgan jamoalar bilan chempion klub yaratish. 

Albatta, bu ish buguncha o'rtoqlik o'yinida amalga oshdi. Umid qilamiz, klubimiz menejerlari va bosh murabbiy Maksim SHackix yordamida Superliga, keyinchalik OCHLda ham mana shunday natijaga erishamiz", - deyiladi klub matbuot-xizmati xabarida. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика