So’nggi yangiliklar

23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  1 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  3 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  3 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  45 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  2 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2

Maksim SHackix: "Ogorod"da mashg'ulot o'tkazadigan futbolchidan chiroyli futbol talab qilib bo'lmaydi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Ogorod"da mashg'ulot o'tkazadigan futbolchidan chiroyli futbol talab qilib bo'lmaydi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

"Birinchi bo'limda ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq raqib ikki zarbasi bilan hisobni tenglashtirib ketdi. Xatolar bo'ldi albatta. Har bir jamoa adashadi. Ikkinchi bo'limda tezlik qo'shsak, barchasi joyida bo'lishini sezib turgandik. Yanada keskinroq o'ynay boshladik va buni natijada aks ettirdik",- deydi Maksim SHackix.

- Oldindagi o'yinlarda Eldor Suyunovni ko'rishimiz mumkinmi yoki hali tayyor emasmi?

- Unda malum bir muammolar bor edi. Hozir mashg'ulotlarda tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Keyingi uchrashuvda malum bo'ladi. 

- CHempionlik uchun imkoniyat bormi?

- Imkoniyat doim bor. Oldinda 4ta uchrashuv qolgan. Biz doim o'z o'yinimizga tayyorlanamiz. Qolganini mavsum tugagach ko'ramiz. 

- O'zbekistonda ishlab deyarli barcha jamoalar bilan tanishib chiqdingiz. Qanday kamchiliklarni ko'rdingiz?

- Stadionlar borasida kamchiliklar bor. Sifatli maydonlar etishmayapti. Bolalarimiz, yoshlarimiz uchun ham sifatli maydonlarga ega bo'lishimiz kerak. "Ogorod"da mashg'ulot o'tkazgan futbolchidan chiroyli futbol talab qilib bo'lmaydi. Bunday sharoitda raqib bilan emas, boshqa narsaoar deylik maydon va to'p bilan kurashishga to'g'ri keladi. Bizning iqlimda maydon ideal bo'lishi kerak. CHunki yilning 10 oyida quyosh charaqlab turgan bo'ladi. Balki pul sababmi yoki yaxshi agronomlar etishmayaptimi, bilmadim. Hozirda istalgan jamoa futbol o'ynashni biladi. Kombinaciyalar orqali o'yin tashkil qiladi. Faqat ayrim jamoalar oddiy futbol ko'rsatmoqda. Agar maydon talabga javob bermasa, qanday kombinacion futbol ko'rsatish mumkin? Mart oyida katta musobaqaga mezbonlik qilamiz. Maydonlarimiz qanday holatda? "Bunyodkor" tamirlash ishlarini olib boryapti. "Jar" yangidek hali. "Paxtakor" stadioni bor, tamom. 

- Keyingi yil yoshlar, olimpiya, milliy terma jamoalar yig'inlar, uchrashuvlar o'tkazadi. "Paxtakor"da terma jamoa futbolchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Misol uchun Abbos Fayzullaev va boshqalar. Keyingi yil qishki yig'inni unga qarab reja tuzasizmi?

- Biz faqat o'z yig'inlarimiz va mashg'ulotlarimizni rejalashatiramiz. FIFA kunlari, mashg'ulotlar bor. To'g'ri aytdingiz terma jamoaga futbolchilarimiz chaqiriladi. Biz bu bilan faxrlanamiz. Biroq shunday palla bo'lyaptiki, jamoada 9-10 kishi qolyapti va biz U-19 jamoasidan futbolchi olyapmiz. Ayrim o'yinchilarimiz Tojikistonga borib kelishdi. Jarohatdan hali tuzalishgani yo'q. O'z futbolchilarimizni qancha vaqtga, qanday musobaqalarga qo'yib yuborishimiz mumkinligi haqida reglament bor. Terma jamoa bu - terma jamoa. Ular qanday holatda ortga qaytishadi, bilmaymiz. Ko'ramiz va o'ylaymanki o'zaro til topishamiz. 

- Yozgi transferlar oynasida jamoaga olingan futbolchilarni qanday baholaysiz?

- 50/50 baholayman. Qishda yana muhokama qilamiz. Tarkibni kuchaytiramiz. Sog'lom raqobat ham bo'lishi zarur. Bu futbolchining ruhiyatiga tasir qiladi. Bugun men, ertaga o'rnimga boshqasi maydonga tushishi mumkin, degan fikr bo'lishi lozim. 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика