So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Maksim SHackix: “Murabbiy imkoniyat berguncha o'ynayman” Yangiliklar

Maksim SHackix: “Murabbiy imkoniyat berguncha o'ynayman”

Xabaringiz bor, bugun milliy terma jamoamiz Ummmon termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. “Jar”da bo'lib o'tadigan bahsga qiziqish yuqori.
Kecha futbolchilarimiz o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazishdi. Mashg'ulot yakuniga etgach, bugun terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazadigan Maksim SHackixdan qisqacha intervyu oldik.

-   Maksim, Ummon terma jamoasi bilan bo'ladigan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik qanday ketyapti?
-   Tayyorgarlik yaxshi. Mashg'ulotni o'zingiz ko'rdingiz. Yigitlar ko'tarinki kayfiyatda. Hamma faqat g'alabani o'ylayapti. Menimcha, qiziqarli uchrashuv guvohi bo'lamiz.
 


-   Olmaliqda kechgan birinchi uchrashuvdagi mag'lubiyat muxlislarni ancha xafa qildi. Bu safar terma jamoamiz ishqibozlarni xursand qilishga hozirmi?
-   Albatta, shunga harakat qilamiz. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lishiga qaramay, raqibni mag'lubiyatga uchratishimiz kerak. Lekin yakuniy hisob qanday bo'lishini o'yindan keyin bilib olamiz.
 
-   Ummonga qarshi bahs siz uchun terma jamoadagi xayrlashuv o'yini bo'ladi.
-   Ha, xuddi shunday. Fursatdan foydalanib menga imkoniyat berishgani uchun terma jamoa murabbiylariga rahmat aytaman. Bu mening oxirgi o'yinim bo'ladi. Vaqt o'tyapti, yosh ketyapti deganlaridek, endi yoshlarga yo'l bo'shatib berish lozim.

-   Ammo masala shundaki, siz hamon Ukraina oliy ligasida to'p tepyapsiz. Demak, terma jamoada hali ancha payt o'ynay olishingiz mumkin.
-   Futbolda avlodlar almashinuvi bo'lishi kerak. Bizdan ko'p yoshlar etishib chiqmoqda, ularga ham imkon berish zarur deb o'ylayman. Men bu borada allaqachon qaror qabul qilib bo'lganman.



-   Terma jamoadan ketish qarori kimdan chiqdi: sizdanmi yo murabbiydanmi?

-   Biz birgalikda shunday qarorga keldik. To'g'ri, avvalo hammasi o'zimga bog'liq bo'ldi. Har bir futbolchining jismoniy imkoniyatlari chegaralangan bo'ladi. Terma jamoada yarim kuch bilan o'ynash ketmaydi. Futbolchi milliy jamoa libosini kiyib maydonga tushdimi, borini berishi shart. Men faoliyatimdan kelib chiqib ozmi-ko'pmi terma jamoa uchun o'ynashga muvaffaq bo'ldim va bundan judayam xursandman. Ammo yosh o'tgan sari Osiyo bo'ylab parvozlar kishini toliqtirib qo'yarkan. SHunda ketishing kerakligini anglab etasan.

-   Lekin shunga qaramay, hali-beri futboldan ketmoqchi emassiz.

-   Endi buyog'iga faqat klub uchun o'ynayman. Ammo futbolni tugatish niyatim hozircha yo'q.



-   Xayrlashuv o'yiningizda maydonda necha daqiqa to'p surish borasida bosh murabbiy bilan gaplashib ko'rdingizmi?
-   O'ylaymanki, Mirjalol Qo'shoqovich meni boshlang'ich tarkibda tushirib, tezda almashtirishga shoshilmaydi. Umuman olganda, murabbiy ko'proq imkoniyat berishidan umidvorman. Agar toliqib qolsam unda o'zim o'rnimga boshqa futbolchi tushirishlarini so'rayman.

-   Aytaylik, o'yiningiz murabbiylarga maqul kelib terma jamoada yana o'ynashda davom etaver deyishsa qanday yo'l tutasiz?
-   To'g'risni aytsam, bu men uchun qiyin savol bo'ldi. O'zingiz ham yaxshi bilasiz, futbolda hammasi birdaniga o'zgarib ketishi mumkin. Lekin har bir futbolchi avvalo o'z jismoniy imkoniyatlarini baholay olishi kerak. Men bir to'xtamga kelib bo'ldim va aytganimdek, buyog'iga yoshlar o'ynagani maqul.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика