So’nggi yangiliklar

09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0

Maksim SHackix: "Guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlashimizga shubha qilmayapman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlashimizga shubha qilmayapman"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Bu kubok uchrashuvi, birinchi uchrashuvimiz. "Paxtakor" qaysi turnirda ishtirok etishidan qatiy nazar, eng maksimal darajadagi vazifa yuklatiladi. Bugungi g'alabamiz guruhdan chiqish uchun muhim qadam bo'ldi. O'yindan avval reja qilganimizdek ko'p vaziyatlar yarata olmagandirmiz, lekin 90 daqiqa davomida raqib darvozasi xavf ostida bo'ldi. "Paxtakor"ning asosiy tarkibi chempionat va kubok bahslarida ham ishtirok etmoqda. Futbolchilar jismoniy jihatdan ko'p kuch sarflashmoqda, sababi yosh futbolchilar terma jamoa yig'iniga jo'nab ketishgan. 

- Yozda Banashak va Papava kabi legionerlarga javob berib, tarkibni kuchaytirish rejalari bormi?

- Transfer oynasi ochilishi bilan, biz o'z ishimizni boshlaymiz. O'zingiz bilasiz, zahira o'rindig'ida faqat yosh futbolchilar va ular hali asosiy tarkibda o'ynab keta olishi qiyin masala. Yozda yangi transferlar amalga oshiramiz, sababi bizni chempionlar ligasi uchrashuvlari kutib turibdi.

- Bir nechta uchrashuv oldin "Paxtakor" "So'g'diyona"ni qiyinchiliksiz mag'lub etgan edi. Bugungi uchrashuvda esa "So'g'diyona" ancha kuchli o'yin o'tkazdi. Bunga sabab "Paxtakor" bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmaganimi yoki "So'g'diyona" kuchliroq bo'ldimi?

- Raqibimiz yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi. Ular pressing qilib o'ynashga intilishdi, lekin biz osonlikcha ushbu bosimdan chiqib keta oldik. Ular bitta golli vaziyat yaratishdi va o'sha vaziyatda darvozabonimiz jamoani qutqardi, qolgan vaziyatlarni xavfli demagan bo'lardim. Albatta, chempionat va kubok bahslari o'rtasida katta farq bor. Misol uchun bugun yarim final bahsi bo'lganida, yigitlar o'yinga boshqa kayfiyatda tayyorgarlik ko'rishar edi. Birinchi uchrashuv bo'lgani sababli, biroz erkinroq harakat qildik. Men shaxsiy tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, kubokdagi uchrashuvlarga bo'lgan tayyorgarlik chempionat o'yinlaridan biroz farq qiladi. O'yin sifati yomon bo'lmadi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlashimizga shubha qilmayapman. Misol uchun, bugun birinchi marotaba gol o'tkazib yubormadik(kuladi).

- Hujum qilishda va realizaciyada muammolar paydo bo'lmoqda. Jamoaning ko'p gollariga CHeran mualliflik qilmoqda. Bunga sabab Hamdamov markaziy hujumchi bo'lib o'ynayotganimi?

- Biz bor imkoniyatimizdan foydalanmoqdamiz. Tarkibimizdagi ko'p futbolchilar ayni damda bizga yordam bera olishmayapti. Muammolar ustida ishlashda davom etamiz. Bizni oldinda 10 kunlik tanaffus kutib turibdi. Keyingi uchrashuvga qadar biz faqat o'zimizga tayanishimiz kerak. Sababi ko'pgina futbolchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun, yig'inga jo'nab ketishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика