So’nggi yangiliklar

12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  0 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  1 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  1 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  3 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0

Maksim SHackix: "Ertangi uchrashuvni bir yarim yil davomida kutdik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Ertangi uchrashuvni bir yarim yil davomida kutdik"

Xabaringiz bor, OCHL ilk turida "Paxtakor" "Al Ayn"ni qabul qiladi.

"Ertangi o'yinni bir yarim yil kutgan edik. Mana o'sha vaqt keldi. Ertaga yaxshi o'yin namoyish etamiz deb o'ylayman. Ertangi o'yinga tayyormiz. Raqib ham yaxshi jamoa va kuchli futbolchilarga ega. Biz ertaga o'z o'yinimizni raqibga o'tkazishni harakat qilamiz".


Sobirxo'jaev: "Ertaga chempionlar ligasidagi yurishimizni boshlaymiz. Eng muhimi barcha futbolchilar ertangi o'yinga tayyor va muxlislarga maqul keladigan o'yin namoyish etamiz". 


- Osiyo o'yinlariga yo'l olgan futbolchilar o'rni qanchalik bilinadi?
- Jamoada o'zgartirib bo'lmas futbolchilar yo'q. Ularning o'rnini boshqa futbolchilar bilan to'ldiramiz. Tarkibimizda futbolchilar etarlicha. Umid qilamanki, ertaga tarkibdagi o'zgarishlar bizga qiyinchilik to'g'dirmaydi.

- "Paxtakor" jamoasi chempionlar ligasida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Ayni damdagi maqsadimiz guruhdan chiqish. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan so'ng, maqsadlar o'zgarishi aniq, ammo hozirgi asosiy maqsadimiz pley-off bosqichiga chiqish.

- "Paxtakor" jamoasi o'z o'y o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazishi sizlarga noqulaylik to'g'dirmaydimi?
- Osiyo futbol konfederaciyasining talabi shunday ekan. "Bunyodkor" stadionida mashg'ulot o'tkazdik va maysa holati yaxshi. Muhimi biz o'z o'yimizda o'ynamoqdamiz va muxlislar yonimizda bo'lishadi. Avvalgi mavsumlar esa ayrim bir sabablarga ko'ra buning iloji yo'q edi. Endi bemalol uy va mehmonda o'ynay olamiz. Ertaga muxlislar ajoyib atmosfera yaratib berishadi degan umiddaman.



- "Al Ayn" jamoasi "Paxtakor" uchun guruhdagi eng qiyin raqibmi?
- Osiyo chempionlar ligasida kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Barcha jamoalar guruh bosqichiga chiqish uchun uzoq yo'lni bosib o'tadilar. Barcha raqiblar kuchli va ularni o'rganib chiqamiz, faqat "Axal" jamoasiga qarshi o'yinlar qiyin kechishi aniq. Sababi ular haqida malumot juda-juda kam. Barchasi o'z qo'limizda.

- Joriy mavsumdan boshlab OCHL kuz-bahor tizimiga o'tdi. Avvalari esa bunday emas edi. "Paxtakor" jamoasi uchun yangi tizim qulaymi? Masalan avval OCHL mart oyida boshlanardi va bizning futbolchilarimiz milliy chempionatimiz endi boshlanayotgani sabab noqulaylik tug'dirar edi.
- Hozirgi tizim qulayroq. Biz endi chempionatning ikkinchi qismini boshladik va hozir ancha yaxshi sport holatidamiz. Guruh bosqichidan keyin esa, agar pley-offga chiqsak, keyin muammo bo'lishi mumkin sababi o'sha vaqtga kelib bizda chempionat yakunlangan bo'ladi.



- "Paxtakor" jamoasi CHeransiz boshqa jamoaga aylanib qoladi. OCHLda kuchsiz jamoa yo'qligini hisobga olsak, agarda Dragan o'yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo'lib qolsa. "Paxtakor" qiynalib qolmaydimi?
- Bizda har doim variant bor. Biz taktik uslub yoki o'yin sxemasini o'zgartirishimiz mumkin. Biz har doim o'zgarishlar qilishga tayyormiz va ertangi o'yinda buni bilib olasizlar.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика