So’nggi yangiliklar

13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  0 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4

Maksim SHackix: "Bazi futbolchilarimiz betob, yoshlarimiz JCHga tayyorgarlik ko'rishmoqda, shu sabab bugun umuman o'zgarish amalga oshirmadim" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bazi futbolchilarimiz betob, yoshlarimiz JCHga tayyorgarlik ko'rishmoqda, shu sabab bugun umuman o'zgarish amalga oshirmadim"

"Paxtakor" ustozi Maksim SHackix "Turon"ga qarshi bo'lib o'tgan Superliganing 9-tur o'yinidan (1:0) so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim SHackix: "O'zimiz istagan futbolni namoyish etishimizga ob-havo yo'l qo'ymadi. Bahs muxlislar uchun qiziq bo'ldi deb o'ylayman. Ikkala jamoa gol urishga urindi, buni biz uddaladik va 3 ochkoga ega bo'ldik. Bazi futbolchilarimiz betobligi tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishdi. Bugun rotaciya qila olmasdik. Asosiysi o'z maqsadimizga erishdik.

- Nega birorta o'zgarish amalga oshirmadingiz?

- Hozir aytganimdek, bir necha futbolchimiz betob. Yoshlarimiz esa JCHga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Qolgan yoshlar esa bu darajadagi o'yinlarga tayyor emas. Bunday "sirpanchiq" hisobda tavakkal qilish xato bo'lardi.

- Hozirgi savolim bugungi o'yin haqida emas. 1999 yilda Samarqandda O'zbekiston terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazgan. O'shanda xet-trik qayd etgansiz. Xet-trikka kimlar yordam bergan?

- Ha, o'yin esimda, ammo o'sha bahsdagi voqealarni batafsil eslay olmayman.

- 1996 yilda siz Rossiyada o'ynay boshlagansiz, avvaliga "Sokol", keyin "Torpedo", "Lada Tolyatti", "Gazovik". Bu klublarda tajribali futbolchilar sizga qanday munosabatda bo'lishgan?

- Yaxshi. Men o'z majburiyatlarimni bilardim. O'sha vaqtda nima qilish kerak bo'lsa, hammasini bajarganman.

- Uydan uzoqda bo'lgansiz. Qiyinchiliklarni qanday engib o'tgansiz?

- Boshida qiyin bo'lgan. Uyga ketishni xohlardim, ammo mehnat orqali barcha qiyinchiliklarni engib o'tganman.

- Nega hozirga kelib futbolchilar murabbiyni ishdan ketishini xohlab, atayin yomon o'yin ko'rsatyapti, murabbiylar o'yinchilar bilan chiqisha olmayapti. O'z vaqtida Yuriy Vazgenovich Sarkisyan hamma bilan juda yaxshi aloqada bo'lgan.

- Hozir boshqa zamon.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика