So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  1 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Maksim SHackix: "Asosiysi keyingi bosqichga yo'l oldik. O'yin haqida esa gapirishni istamayman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Asosiysi keyingi bosqichga yo'l oldik. O'yin haqida esa gapirishni istamayman"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix O'zbekiston kubogi 3-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng (3:2) matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- O'yin haqida hech nimani gapirishni xohlamayman. Keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qildik. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ketma-ket ikki o'yindan buyon bir kishi kam bo'lib o'ynamoqdamiz. Yigitlarga rahmat matonat ko'rsatishmoqda. Biz kamchilikda yaxshiroq o'ynayapmiz.

- Jamoa ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirdi. Jamoaning birinchi taymda sust o'yiniga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Bilmayman. Bu o'tgan mavsumdan qolgan kasalimiz. Havo issiqlik qilayapti deydigan bo'lsam, ikki jamoa maydonda to'p tepishmoqda. "Paxtakor" yangilik kutish noto'g'ri, sababi o'tgan mavsumdagi tarkibimizdan faqatgina uch nafar futbolchi qoldi. Bu katta o'zgarishlar ro'y berayotganini anglatadi. Ikki oyda hammasini to'g'irlashning iloji yo'q.

- Baribir natija jamoa uchun gapiradi. Mana shunday natijalar fonida rahbariyat qandaydir keskin qarorga kelishi mumkinmi?

- Men bilmayman, borib rahbariyatdan so'rang. Mening jamoadagi kelajagim haqida so'rayapsizmi? Biz mavsum avvalidayoq o'zgarishga qo'l urilgani haqida elon qildik. Rahbariyat bunga rozi bo'ldi va vaqt berdi. Hozir maydonga chiqib barcha engib tashlash ilojsiz. Natijaga sekin astalik bilan erishamiz.

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yinlarda "Paxtakor" markaziy himoya va yarim himoyadagi xatolari sabablar gol o'tkazib yuboryapti. Ushbu poziciyalarda muammolar bor deb o'ylaysizmi? Azmiddinov maydonga tushib, himoya markazini ushlab bera oldi.

- Azmiddinovni maydonga tushirishni hatto xayolimga ham keltirmayotgandim. SHahzod jarohatidan keyin endigina bir yarimta mashg'ulot o'tkazdi. Lekin uni maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Olimpiyachilarimiz qaytib kelishdi, ammo ular biz charchadik va o'ynashga kuchimiz yo'q deyishdi. Olimpiyachilarimiz bunday holatga kelib qolishi uchun qanday mashg'ulot o'tkazishdi, men bilmayman to'g'risi. O'yin haqida qo'shimcha gapirish to'g'ri emas deb o'ylayman.



Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика