MakGregor: "Zlatan futbolning Konori bo'lmoqchi - omad unga!"
20 mar 2019 15:30
Yangiliklar


MakGregor: "Zlatan futbolning Konori bo'lmoqchi - omad unga!"
Irlandiyalik aralash qoidalar (MMA) jangchisi Konor MakGregor portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga baho berdi va Zlatan Ibragimovich so'zlariga javob qaytardi.
"Ronalduga bir qarang, katta bosim ostida qolgan 34 yoshli Krishtianu CHempionlar ligasida xet-trik qayd etdi ("Atletiko"ga qarshi 1/8 final javob o'yinida). Portugaliyalik forvard ajoyib sportchi, inson va tadbirkor" - deydi MakGregor.
SHu bilan birga irlandiyalik jangchi MakGregorni "MMAning Zlatan Ibragimovichi" deb aytgan shvedciyalik Zlatan Ibragimovich so'zlariga javob qaytardi. "Faqat bitta Konor MakGregor bor! Zlatan futbolning Konori bo'lmoqchi - omad unga. Ibragimovichni va uning g'oliblik mentalitetini hurmat qilaman" - dedi Konor MakGregor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar