Ibragimovich Messining jamoadoshlarini tanqid qildi: "U haykallar bilan o'ynamoqda"
01 iyu 11:30
Yangiliklar
Ibragimovich Messining jamoadoshlarini tanqid qildi: "U haykallar bilan o'ynamoqda"
PSJ sobiq yulduzi va hozirda "Milan"ning katta maslahatchisi Zlatan Ibragimovich "Inter Mayami" Klublar o'rtasidagi JCH-2025 1/8 final bosqichi doirasida parijliklarga 0:4 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng fikrlarini bildirdi.
Ibragimovichning so'zlariga ko'ra, muvaffaqiyatsizlikda argentinalik faxriyning aybi yo'q:
"Mag'lub bo'lgan Messi emas, uning jamoasi bo'ldi. U go'yo haykallar bilan o'ynayotganga o'xshaydi. Bu futbolchilar xuddi cement qoplarini ko'targandek harakat qilmoqda. Agar Leo haqiqiy jamoada bo'lganida, haqiqiy sherni ko'rgan bo'lardingiz. Hozir ham u maydonda 99 foiz o'yinchi qodir bo'lmagan ishlarni qilyapti", – dedi Zlatan.
Mag'lubiyatdan so'ng Messi "Inter Mayami" uchun dunyoning kuchli 16 jamoasi qatoriga kirish allaqachon munosib natija ekanligini takidladi.
Parij klubi endi chorak finalda Myunxenning "Bavariya"si bilan o'ynaydi. O'yin 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar