Maguayr: "Hammasi ortda qoldi"
17 iyu 2022 19:48
Yangiliklar
Maguayr: "Hammasi ortda qoldi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr o'zining o'tgan mavsumdagi o'yinlaridan qoniqmaganini aytdi.
"O'tgan mavsum kutilganidek o'tmadi. Men ham, jamoamiz ham yaxshi o'ynamadik. Har yili hamma narsa soat mexanizmi kabi qiyinchiliksiz o'tishiga erishish mushkul. Siz kurashishingiz kerak, muvaffaqiyatsizliklar uchrab turadi.
O'tgan mavsum men uchun, shubhasiz, yomon bo'ldi. Lekin hozir hammasi ortda qoldi, biz oldinga intilamiz va bu klubga sovrinlarni qaytarishni istaymiz. Bu – eng muhimi", – dedi futbolchi.
Oldinroq Maguayr "Manchester Yunayted" sardori bo'lib qolishi xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar