Madrid shahrida "Mbappe qonuni" joriy etilishi mumkin
04 iyu 20:31
Yangiliklar
Madrid shahrida "Mbappe qonuni" joriy etilishi mumkin
Klub bayonotida aytilishicha, hujumchi besh mavsum davomida "Qirollik klubi" sharafini himoya qiladi.
Xabar qilinishicha, Madrid hamjamiyati "Ispaniya poytaxtida istiqomat qiluvchi va investiciyalarni amalga oshiradigan chet elliklar uchun avtonom shaxsiy daromad solig'ini bekor qilishni" nazarda tutuvchi "Mbappe qonuni"ni tasdiqlash jarayoni ustida ishlamoqda.
Bu 2005 yil joriy etilgan “Bekxem qonuni”ga o'xshaydi, deb ishoniladi. Bu qonun Ispaniyaga ishlash uchun ko'chib kelgan xorijliklarga daromadidan qati nazar, 24% miqdorida qatiy belgilangan shaxsiy daromad solig'ini to'lash imkonini beruvchi soliq rejimini o'z ichiga oladi.
Biroq Rovira universitetining Moliya va soliq huquqi sohasi bo'yicha professorlaridan birining aytishicha, "Mbappe qonuni"ning maqullanishi Madrid boylar uchun "jannat" hosil qilishga olib kelishi mumkin, yani ular katta miqdorda soliq to'lashdan ozod bo'ladi.
Fikrlar