So’nggi yangiliklar

07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  0 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  2 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  4 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  16 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  6 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22

"Madanchilar" "konchilar"ga qarshi yoxud Toshkent viloyati derbisida qaysi klub g'alabani tantana qiladi? Yangiliklar

"Madanchilar" "konchilar"ga qarshi yoxud Toshkent viloyati derbisida qaysi klub g'alabani tantana qiladi?

Antaliyada yig'in o'tkazgan ikki klub chempionat 1-turida o'zaro to'qnash kelishadi.

Biz mazkur derbi oldidan jamoalarning mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlari, yangi mavsum uchun qaydnomalari hamda o'zaro o'yinlar tarixiga nazar solamiz.

"Metallurg" va AGMK deyarli barcha jamoalarimiz singari mavsum tadorigini Turkiyaning Antaliya shahrida olib bordi. Etiborlisi, har ikki klub 5 tadan nazorat uchrashuvida ishtirok etdi – natijalar ham mos ravishda bir xil (2 ta g'alaba, 2 ta durang, 1 ta mag'lubiyat)

Ikki jamoaning xorijiy yig'indagi natijalari: 

5 fevral.  "Metallist" (Ukraina) – "Metallurg" 1:2 

9 fevral. "Zarya" (Ukraina) – "Metallurg" 2:2

12 fevral. "Metallurg" – "Alashkert" (Armaniston) 0:1

15 fevral. "Vayle" U-19 (Daniya) - "Metallurg" 1:3

16 fevral. "Dila" (Gruziya) – "Metallurg" 0:0

7 fevral. AGMK – "Kaspiy" (Qozog'iston) 2:0

10 fevral. AGMK – "Nefteximik" (Rossiya) 3:4

15 fevral. AGMK – "Auda" (Latviya) 1:1

17 fevral. AGMK – "Indjiya" (Serbiya) 1:1

19 fevral. AGMK – "Atirau" (Qozog'iston) 1:0

Ispaniyalik mutaxassis Luisma Ernandes qo'l ostidagi "madanchilar" yangi mavsum uchun quyidagi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi:

1.Humoyunshox Sayyotov, 2.Saloxiddin Irgashev, 3.Akbar Abdurasulov, 4.Odil Abdumajidov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Islom Isoqjonov, 8.Salamat Quttiboev, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.SHohnazar Norbekov, 11.Damir Temirov, 12.Aleksandr Lobanov, 13.Kamron Muratov, 14.Abror Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev, 16.Jasur Xolto'raev, 17.Farruh Hojibekov, 18.Fozil Musaev, 19.Ergash Ismoilov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 23.Abduvosit Vositjonov, 25.SHahzod Nematjonov, 26.Hakimxon Alamxonov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Nosir Abdusalomov, 29.Diyor Toirov, 30.Ibrohim Ibragimov, 31.Muhriddin Salohiddinov, 47.Vohid Oxtaev, 55.Arslon Bahromov, 61.Jasur Asatov, 80.Farruh Ibrohimov, 87.Akmal Ortiqov, 90.Jasur Ashurov, 94.Farhod Bekmuratov, 97.Muhammadali Aliqulov, 99.Vladimir Vagin

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "konchilar" esa yangi mavsumda quyidagi futbolchilarning xizmatlaridan foydalanishadi:

1.Botirali Ergashev, 2.Akrom Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ixtiyor Xolmo'minov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 9.Zafar Polvonov, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Murod Toshmatov, 12.Dilshod Yoqubov, 14.Bobur Sobirov, 15.Andrey Mishenko, 17.Sanjar Tursunov, 22.SHohruh Gadoev, 23.Aleksandr Kasyan, 27.Martin Boake, 29.Iskandar Bo'sinov, 31.Ahmadullo Muqumjonov, 32.Azamat Xalilov, 33.Nodir Abdixoliqov, 34.Bunyod Turg'unboev, 35.Valijon Rahimov, 36.Sarvar Mirzaev, 37.Zohid Rahimov, 38.Sunnatillo Abdug'aniev, 39.Otabek SHerg'oziev, 40.Zufarjon Akbarov, 41.Sanjar Jumaboev, 42.Asad Karimov, 43.Asadjon Azimjonov, 44.Murot Ermatov, 45.Jamoliddin Hikmatov, 46.Amal Ismatov, 52.Izzat Xayitboev, 63.Alisher Jalilov, 70.Mirg'iyos Sulaymonov, 77.Nodir Abdurazzoqov, 88.Siyavash Xagnozari

4 mart kungi bahs jamoalarning chempionat doirasidagi o'zaro 29-bellashuvi bo'ladi. Ushbu o'yinlarning 13 tasida olmaliqliklar, 12 tasida bekobodliklar zafar quchishgan, 3 ta o'yinda esa murosa ko'chasi tanlangan. To'plar farqi – 50:47 (AGMK foydasiga). 

Jamoalarning o'zaro kechgan so'nggi 10 uchrashuvida quyidagi natijalar kuzatilgan: 

18.05. 2017. "Olmaliq" – "Metallurg" 1:0

26.10.2017. "Metallurg" – "Olmaliq" 3:2

10.05.2018. "Metallurg" – "Olmaliq" 0:1

17.08.2018. "Olmaliq" – "Metallurg" 2:3

28.06.2019. AGMK – "Metallurg" 1:1

27.07.2019. "Metallurg" – AGMK 2:1

29.02.2020. AGMK – "Metallurg" 1:1

12.09.2020. "Metallurg" – AGMK 1:0

19.06.2021. AGMK – "Metallurg" 2:0

21.10.2021. "Metallurg" – AGMK 0:1

Yuqoridagi natijalarga nazar tashlasak, ikki jamoa deyarli teng kuchga ega ekanligi ko'rinadi. Albatta, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK oxirgi yillarda yuqori marralarni zabt etmoqda. Ketma-ket ikki yil O'zbekiston Kubogi finalchisi (2019, 2020)ga aylangani va ketma-ket ikki yil Superligada 3-o'rin (2020, 2021)ni band etgani bejiz emas. 

SHu bilan birga, bekobodlik muxlislar "Metallurg" o'tgan mavsumdan etarlicha xulosa chiqarganiga umid bildirib, jamoa o'z maydonida mazmunli o'yin ko'rsatishini kutayotganini unutmaslik lozim. 

Malumot o'rnida, Toshkent viloyati derbisini Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Zufar liboev va Farhod Usmonov ko'maklashadi.

Aytish joiz, aslida rejaga ko'ra, "Metallurg" hamda AGMK o'rtasidagi bo'lajak uchrashuvida VAR tizimi ishlashi lozim edi, ammo o'yindan 2 kun oldin O'zPFL VAR texnologiyasi ishlashi uchun televidenie ko'chma studiyasi zarur bo'lishini, ayni paytda esa O'zMTRKga tegishli telestudiyalar boshqa rasmiy tadbirlarda hozir bo'lishi ko'zda tutilgani bois mazkur o'yinda tizimdan foydalanilmasligini malum qildi.

4 mart, juma

18.30, "Metallurg" – AGMK

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Ravshan Abdivohidov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Vladimir Nazarov.

Eslatib o'tamiz, AGMK futbolchilari Amal Ismatov, Aleksandr Kasyan diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborsa, Anzur Ismoilov jarohat tufayli maydonga tushmaydi.

Toshkent viloyati futbol ishqibozlarini XXXI milliy chempionat starti bilan muborakbod etgan holda jamoalardan shiddatli o'yin kutib qolamiz!

SHerzod Nurmatov 

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика