So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Lyubinko Drulovich: "Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan o'yin har ikki jamoa uchun ham foydali bo'ladi" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan o'yin har ikki jamoa uchun ham foydali bo'ladi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Mazkur o'yin oldidan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi:

- Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonini davom ettiryapmiz. Tayyorgarlik doirasida bir qator yaxshi saviyadagi raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilmoqda. Mana oldinda Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan Janubiy Koreya olimpiya termasi bilan 2 ta o'yin turibdi. To'g'ri, biz ushbu terma jamoa bilan qita chempionatida bir guruhdan o'rin oldik. Lekin mazkur o'rtoqlik o'yinini o'tkazish bo'yicha biz quradan ancha avval kelishib olgan edik. Ishonchim komil, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan bo'ladigan o'yinlar biz uchun ham, o'z navbatda raqib uchun ham foydali bo'ladi. Tarkibdagi futbolchilar harakatiga baho berish imkoniga ega bo'lamiz, qolaversa qaysi jihatlar ustida yanada ko'proq ishlash zarur ekanini bilib olamiz.

Ushbu yosh toifasida terma jamoalarimiz oldin ham to'qnash kelgan. Lekin oldingi o'yin bilan solishtirganda tarkibda ayrim yangi o'yinchilar bor. Hozirgi tarkibimizning, misol uchun, Osiyo o'yinlarida qatnashgan tarkibdan farqi bor.

Umuman olganda, oldindagi o'rtoqlik o'yini har ikki terma jamoa uchun ham foydali bo'lishiga aminman, - dedi serbiyalik murabbiy.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика