So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Lushan shogirdlaridan yirik g'alaba: "Bunyodkor" - "Buxoro" 5:0 Yangiliklar

Lushan shogirdlaridan yirik g'alaba: "Bunyodkor" - "Buxoro" 5:0

Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Bunyodkor"ning ilk hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Biroq Bekrich birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. 5-daqiqada jarima maydonidan qaytgan to'pga Nuriddin Hasanov zarba berdi To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

12-daqiqada Narzullaev chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni Hasanovga uzatdi. Jamshid esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilolmadi.

21-daqiqada Zoteev o'ng qanotdan oldinga o'tdi va markaz tomon kirib borib, yakunda darvoza tomon zarba yo'lladi. Salgina noaniq.

Oradan uch daqiqa o'tib Sobirxo'jaev qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Biroq Baqoev bu vaziyatni kutmaganligi uchun aniq o'ynay olmadi.

32-daqiqada SHorahmedovning abjirligi "Bunyodkor"ni muqarrar goldan saqlab qoldi. U darvozaga kirib ketayotgan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

38-daqiqada Nematovning zarbasi xavfli chiqdi. To'p yo'l-yo'lakay Karimovga tegib maydonni tark etdi.

41-daqiqada Zotevning chap qanotdan oshirgan to'pini Pishur darvozabondan ham baland sakrab, darvozaga yo'lladi - 1:0.

43-daqiqada stadion projektorlarining bazilari o'chib qoldi va stadionga etarli yorug'lik tushmayotgani uchun Zokir Qodirov o'yinni to'xtatdi.

Ikkinchi bo'lim davom etmoqda.

50-daqiqada Anvar Rajabov olis masofadan o'ng oyog'ida darvozaga zarba berdi. Ammo noaniq. To'rt daqiqa o'tgach "Buxoro"ning havfli hujumi. Vitaliy Plamadelaning chamasi 23 metrlardan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

71-daqiqada Zoteev tomonidan oshirilgan to'pni Sato Minori ko'kraklarida qulay tarzda to'xtatib olib, chap oyog'ida darvozani aniq ishg'ol qildi - 2:0.

78-daqiqada mezbonlar hisobni yiriklashtirishdi. O'rinboev to'pni Zoteev tomon uzatdi. To'pni qaytarish uchun tashlangan Nurboev kutilmaganda Hamdamovni birga-bir vaziyatga chiqardi. Dostonbek esa vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 3:0ga oshirdi.

81-daqiqada Sato Minori birgina to'p oshirishi bilan Dostonbek Hamdamovni qulay vaziyatga chiqardi. Doston esa osonlik bilan "dubl"ni rasmiylashtirdi - 4:0.

90-daqiqada Minori-Zoteev-O'rinboev kombinaciyasidan so'ng Zabihillo hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirdi.


BUNYODKOR – BUXORO 5:0
13 sentyabr 2014 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Z.Qodirov, R.Samandarov, O.Jumaev, R.Kopadze
Nazoratchi: G.Imomov.
GOLLAR: Oleksandr Pishur 41, - 1:0 (Oleg Zoteev). Sato Minori 71, - 2:0 (Oleg Zoteev). Dostonbek Hamdamov 78, - 3:0. Dostonbek Hamdamov 81, - 4:0. Zabihillo O'rinboev 89, - 5:0.
BUNYODKOR: 45.Akbar To'raev,  2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov,  6.Anvar G'ofurov,  9.Minori Sato,  11.Oleksandr Pishur (19.Zabixillo O'rinboev,  60),  13.Ivan Miloshevich (48.Akramjon Komilov, 76),  20.Samir Bekrich,  27.Sardor Sobirxo'jaev,  33.Oleg Zoteev,  59.Nuriddin Hasanov (28.Dostonbek Hamdamov, 68).
Zaxira: 1.Pavel Bugalo,  3.SHukurali Po'latov,  7.Alibobo Rahmatullaev,  10.Anvar Berdiev, 

BUXORO
: 12.Aleksandr Korneychuk,  2.SHerzod SHaripov (33.Umirillo Ramazonov, 73),  7.Suhrob Nematov,  8.Vitaliy Plamadela, 17.Jamoliddin Ubaydullaev,  28.Ilya Ilin,  40.Jamshid Hasanov (21.Baxritdin Vahobov, 65),  44.Oybek Nurboev, 47.Anvar Rajabov,  50.Ulug'bek Baqoev (S),  71.Otabek Narzullaev
Zaxira: 99.Farruh Turdialiev,  6.Evgeniy Kochnev,  20.Sanjar Asqaraliev,  82.Rustam Boqiev,  83.Dmitriy Popovich

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Ubaydullaev 15, Ivan Miloshevich 19, Nuriddin Hasanov 37, Otabek Narzullaev 42.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика