Lukas Podolski: "Draksler bilan gaplashib turamiz, lekin transfer haqida hech narsa bilmayman"
13 mar 2014 20:35
Yangiliklar


Lukas Podolski: "Draksler bilan gaplashib turamiz, lekin transfer haqida hech narsa bilmayman"
"Arsenal" hujumchisi Lukas Podolski "Arsenal" uni "SHalke"dagi Drakslerga almashishi mumkinligi haqidagi gaplarni inkor etdi.
"Barcha yuqori saviyadagi futbolchilar "Arsenal"ning qiziqishlari doirasiga kiradi. Draksler ham istisno emas. Ikki jamoa rahbarlari rejasidan xabarim yo'q. Biz Blian bilan yaxshi munosabatdamiz. Tez-tez gaplashib turamiz. U juda yaxshi yigit. Lekin ikkalamiz ham transfer haqida hech narsa bilmaymiz. Faqat shuni aytishim mumkinki, "SHalke"ga o'tishim haqidagi variant ko'rib ham chiqilmaydi", deya hujumchi so'zlaridan "Sky Sports" iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar