Lukas Eranandes jarohat tufayli JCH bilan xayrlashdi
23 noy 2022 15:07
Yangiliklar
Lukas Eranandes jarohat tufayli JCH bilan xayrlashdi
Himoyachi Qatardagi Jahon chempionati birinchi o'yinida Mettyu Leki (Avstraliya) bilan to'qnashib ketdi va tizzasidan jarohat olib maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Ushbu jarohat amaldagi jahon chempionlari uchun navbatdagi zarba bo'ldi. Franciya turnirga tayyorgarlik jarayonida bir nechta futbolchilari, jumladan, asosiy hujumchi Karim Benzemani ham yo'qotdi.
Terma jamoa ustozi Dide Desham Franciya futbol federaciyasining 26 yoshli futbolchining jarohat olganini tasdiqlovchi bayonotida bu borada qisqacha fikr bildirdi:
"Butun guruh, futbolchilar va xodimlar kabi Lukas uchun juda afsusdaman. Biz muhim o'yinchilardan birini yo'qotdik. Lukas – jangchi. Uni yaxshi bilaman, jasur futbolchi. Jamoa nomidan unga shifo tilayman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar