So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

Lukaku "Manchester Yunayted"ga g'alaba keltirdi + FOTO Yangiliklar

Lukaku "Manchester Yunayted"ga g'alaba keltirdi + FOTO

APL 6-turidan o'rin olgan "Sautgempton" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuv boshlandi.

Uchrashuvni shu erda matnli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.




APL, 6-tur
23.09.2017
"Sautgempton" - "Manchester Yunayted" 0:1

Gol: R.Lukaku 20

"Sautgempton": Freyzer Forster, Sedrik Soaresh (Jeyms Uord-Prous, 83), Xudt, Maya Yoshida, Rayyan Bertrand, Lemina, Oreol Romeu, Dushan Tadich, Devis (Manolo Gabbiadini, 73), Natan Redmond, SHeyn Long (CHarli Ostin, 83).

"Manchester Yunayted": David De Xea, Antonio Valensiya, Erik Bayi, Fil Jons, Eshli Yang, Nemanya Matich, Maruan Fellayni, Xuan Mata (Ander Errera, 63), Genrix Mxitaryan (Kris Smolling, 75), Markus Reshford (Deyli Blind, 90+3), Romelu Lukaku.

Ogohlantirishlar: SH.Long 38 - E.Yang 43, A.Valensiya 70, R.Lukaku 82, A.Errera 88




Uchrashuv yakunlandi, MYU mavsumdagi beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

90+4 - Bosh hakam Joze Mourinoni tribunaga ravona qildi.

89 - Fil Jons jarohat olib maydonda yotibdi.

79 - Avvaliga Reshford, keyin Lukakuning super pasidan keyin Errera juda qulay vaziyatda noaniq zarba berdi.

78 - Zarbaaa, Romeuning urinishi va to'p darvoza ustuni yonginasidan dumalab o'tib ketdi.

73 - De Xea qanotdan havolatib uzatilgan to'pni basketbol uslubida ushlab oldi.

"Manchester Yunayted" logotipini badaniga tushirgan muxlis.

67 - Zarbaaa, Romeuning zarbasidan keyin deyarli darvozaga ketayotgan to'pni Fellayni boshi bilan qaytarib qoldi.

66 - Zarbaaa, Forster jamoasini goldan qutqarib qoldi.

63 - Xuan Mata o'rniga Ander Errera tushdi.

60 - Redmondning chap qanotdan uzatgan to'pini Long boshi bilan darvozaga noaniq yo'lladi.

56 - Redmondning chap qanotdan bergan kuchli va aniq zarbasini De Xea ushlab oldi.

55 - MYU futbolchilari raqibga bir nechta hujum uyushtirishga imkon berishdi.

51 - Tadich xavfli vaziyatga chiqib borgan edi, Jons to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin esa Romeu noaniq zarba berdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Birinchi bo'lim yakunlandi.

44 - MYU futbolchilari tezkor qarshi hujumga o'tishlari mumkin edi, hal qiluvchi pallada aniqlik etishmadi.

43 - Tadichga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Eshli Yang ogohlantirildi.

38 - SHeyn Long Fellaynining oyog'iga tepgani uchun ogohlantirildi.

32 - To'p bilan muomala qilish: 45 - 55 %

Lukaku hisobni ochgan vaziyat.

27 - Zarbaaa, Reshfordning jarimadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

20 - Gooooollll, Lukakuuu. Romelu o'yinda hisobni ochdi. Eshli Yangning chap qanotdan uzatgan to'pini hujumchi avvaliga boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi, to'pni Forster qaytardi, qaytgan to'pni esa Lukakuning o'zi golga aylantirdi. Belgiyalik hujumchi o'zining Premer-ligadagi 91-golini kiritdi.

Mxitaryan to'p bilan ketayotgan Tadichni taqib etmoqda.

10 - Redmondning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

8 - O'yindagi birinchi burchak zarbasini ham MYU futbolchilari amalga oshirishdi, samarasiz.

5 - O'yindagi birinchi aniq zarbani Mxitaryan chap oyog'ida berdi, Forster joyida.

- Uchrashuvga start berildi.

- Jamoalar maydonda, hamma bosh hakam Kreyg Pousonning xushtagini kutmoqda.

Muxlislar o'yindan 1 soat oldin.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика