Lukaku "Inter"ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi
01 jan 2023 11:12
Yangiliklar
Lukaku "Inter"ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku jamoasining ushbu mavsumdagi chempionlik imkoniyatlarini baholadi.
"Biror jamoa sovrinni o'ziniki qilib olmaguncha bir nima deyish qiyin bo'ladi. Buning uchun biz ushbu mavsum yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz, shu boisdan chempionlik ilojsiz demaslik kerak. Hozirda o'zimizni mavsum yakunlanganda sovrinni ko'tarib turadigan jamoa sifatida ko'ryapmiz. Hali hamon chempionlik poygasidamiz, oldinda 6 oy bor. CHempionat 6 iyunda yakunlanadi.
Spalettining "Napoli"si? U rostdan ham juda kuchli murabbiy. U yaxshi ishlamoqda, buni tan olish kerak. Qo'l ostida kuchli futbolchilari bor, jamoaning bir qancha uchrashuvlarini ko'rib chiqdim. Ular mavsumni yuqori darajada o'tkazishmoqda. Ular hozir peshqadam, qattiq hurmat qilamiz. Biroq kurashishda davom etamiz", - dedi Lukaku.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar