So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  0 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  4 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

Luisma Ernandes: "Yozgi transfer vaqtida bazi bir transferlarga qo'l uramiz" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Yozgi transfer vaqtida bazi bir transferlarga qo'l uramiz"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Olimpik" (1:1) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Birinchi taymda ob-havo juda issiq edi. SHuning uchun har ikki jamoa o'yinga kirishib ketishda qiyinchilikka uchradi. Ikkinchi taymda ancha hujumkor o'ynashga qaror qildik. Bizda talaygina imkoniyatlar bo'ldi, lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Umuman olganda, o'yinchilarimiz harakatidan mamnunman.

- To'p nazorati va imkoniyatlar yaratishda "Metallurg" imkoniyatni raqibga boy berdi. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- "Olimpik" juda yosh futbolchilardan iborat shiddatli jamoa. SHundan kelib chiqib to'p ularda bo'lgan vaziyatda himoyaga urg'u qaratdik va qarshi hujumda harakatlanishga urindik.

- "Metallurg" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda nursiz durang qayd etmoqda, biroq har ikki bahsda imkoniyatlardan unumli foydalanilmadi. Jamoaga nima etishmayapti?

- Murabbiy sifatida aytadigan bo'lsam, men himoyada va hujumda qanday o'ynashni ishlab chiqaman. Ammo siz aytgandek, vaziyatlarni yaratsak-da, gol urolmayapmiz. Yozgi transfer vaqtida bazi bir transferlarga qo'l uramiz. Keyingi o'yinlarda gol uramiz degan umiddaman.

- CHet ellik murabbiy sifatida Timur Kapadze boshchiligidagi U-23 terma jamoamizning Olimpiadaga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- "Olimpik" jamoasini o'tgan yildan buyon bilamiz. CHempionatdagi va U-23 Osiyo Kubogidagi o'yinlarini ko'rib bordik. Jamoa – yosh va kuchga to'la. Bundan keyin ham xuddi bugungidek o'ynashda davom etsa, Olimpiaga yo'l olishi va g'alaba qozonishi mumkin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика