So’nggi yangiliklar

21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  4 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  156 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  1 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  10 17:44АПЛда ўтган ойнинг энг яхши футболчиси аниқ!  0 17:31АПЛда ўтган ойнинг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  31 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  4 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6

Luisma Ernandes: "Ayni paytda Superliga jamoalarining kuchlari shu darajada tengki, o'yin davomidagi mayda detallar, kichik xatolar ham ularning o'rni va mavqeiga jiddiy tasir ko'rsatmoqda" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Ayni paytda Superliga jamoalarining kuchlari shu darajada tengki, o'yin davomidagi mayda detallar, kichik xatolar ham ularning o'rni va mavqeiga jiddiy tasir ko'rsatmoqda"

Superliga 9-turidan o'rin egallagan “Metallurg” – “Dinamo” (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o'z fikr mulohazalarini bildirdi.

 O'yin haqida

-  O'yin etarli darajada qiyin bo'ldi deyish mumkin. Uchrashuvning birinchi taymida tashabbus to'liq “Metallurg” jamoasi tomonida edi. Ikkinchi taym boshida esa jarohat bois darvozabonimizni almashtirdik. SHuning bois gol o'tkazib yubordik. Lekin biz uchrashuvning so'nggi soniyalarigacha o'zimizning futbolimizni namoyish etdik: sifatli kombinaciyalar, sifatli to'p uzatishlar va sifatli gol... Bugungi uchrashuv nafaqat biz uchun, balki shahrimiz uchun ham juda masuliyatli uchrashuv edi. O'ylashimcha zimmamizdagi vazifani biz qoniqarli tarzda bajardik. “Dinamo” jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi. Oxirigacha kurashdi, chiroyli futbol namoyish etdi.

-  Jamoaning so'nggi uchrashuvlardagi qahramoni Damir Temirov to'g'risida to'xtalsangiz...

-  Yosh, shuning barobarida tajribali o'yinchilarimizdan biri. O'zining eng ijobiy xislatlarini namoyish etib kelayapti. Fikrimcha, u O'zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi o'yinchilaridan biri.

-  “Dinamo” so'nggi uchta o'yinni so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilayotgan gollar evaziga boy beryapti. O'yinga tayyorgarlik jarayonida raqibni qanchalik o'rgangandingiz, shu jihatlarga ham etibor qaratganmidingiz?

-  “Dinamo”ning o'ziga xos o'yini mavjud. Juda ixcham, ishonchli o'ynaydigan jamoalardan. Jamoalarning kuch va imkoniyatlarini vaqt ko'rsatadi. Ayni paytda Superliga jamoalarining kuchlari shu darajada tengki, o'yin davomidagi mayda detallar, kichik xatolar ham ularning o'rni va mavqeiga jiddiy tasir ko'rsatmoqda.

-  “Metallurg” hozircha uy uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchramadi, siri nimada?

-  Qattiq mehnat qilayapmiz, siri shu. Ayni paytda jamoamizning juda ko'p o'yinchilari jarohatdan endi forig' bo'lishdi: Fozil Musaev, Ibrohim Ibragimov, Zohid Abdullaev... SHunga qaramasdan biz kiyinish xonasida ham ko'p takrorlaymiz, futbol – jamoaviy o'yin. Bitta futbolchiga bog'lanib qolmasligimiz kerak. Meni xursand qiladigan jihati bizda juda ahil jamoa bor. Rahbariyatdan tortib oddiy ishchilargacha, Bekobod ahli ham jamoamizning bir bo'lagiga aylangan.

-  “Metallurg”ning g'alabasi metallurglar kunini nishonlagan Bekobod ahliga ajoyib sovg'a bo'ldi, tabriklaymiz.

-  Yakshanba kungi tadbirda o'zim ham qatnashdim. Tepada o'tirib judayam chiroyli bayramning shohidi bo'ldim. Bugun esa pastda, o'rindiqda o'tirib, shahrimiz ahli, muxlislarimiz uchun bayram kayfiyatini davom ettirishlari yo'lida jiddiy izlandik, ter to'kdik. Endi g'alabadan keyin – bayram bayramga ulangandan keyin tin olsak, rohatlansak arziydi. Metallurgchilarni yana bir bor jamoamiz nomidan kasb bayramlari bilan tabriklayman. O'z navbatida kechagi bayramdan keyin qisqa fursatda maydonni sifatli tayyorlab bergan stadion mamuriyatiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика