Luis Enrikening PSJdagi kelajagi aniq
02 fev 19:06
Yangiliklar
Luis Enrikening PSJdagi kelajagi aniq
Xabar berishlaricha, parijliklar ispaniyalik mutaxassisga 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgan. Bu esa Enrikening amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanishi va uning ketishi mumkinligi haqida avval tarqalgan xabarlarga qaramay, amalga oshmoqda. Qayd etilishicha, bosh murabbiy Parijda o'zini qulay his qilmoqda va kelasi mavsumga tayyorgarlikka to'liq etibor qaratish uchun kelajagini imkoni boricha tezroq hal qilishni istaydi.
PSJda yangi shartnoma muddati bejiz tanlanmagani takidlanmoqda. Klub sport direktori Luish Kampushning amaldagi bitimi ham 2030 yilda yakunlanadi va "qizil-ko'klar" rahbariyati boshqaruv hamda murabbiylar barqarorligini bir necha yil oldindan taminlashni maqsad qilgan.
Yaqin vaqt ichida bitim uzaytirilgani haqida rasmiy elon chiqishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar