So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  11 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Lui van Gaalning yashirin "quroli" ish berdi yoxud Gollandiya yarim finalda Yangiliklar

Lui van Gaalning yashirin "quroli" ish berdi yoxud Gollandiya yarim finalda

Jahon chempionati chorak final o'yinlariga yakun yasaldi.

Ushbu mundialda futbol muxlislarini larzaga soladigan har qanday kutilgan va kutilmagan natijalar bo'lib o'tdi. Hali Braziliyadagi mundial "menyu" siga ko'z yugirtirsangiz, unda har xil toifadagi didingizda mos "desert"larni topib olishingizga shubha yo'q. 


Endi bevosita o'yinga qaytamiz. CHorak finalning so'nggi uchrashuvida Gollandiya hamda Kosta-Rika jamoalari o'zaro bahs boylashdi. Yarim finalning so'nggi chiptasi uchun kechgan bellashuvning asosiy daqiqalarida gol kiritilmadi. Qo'shimcha ikki taym ham g'olib nomini aniqlash uchun etarli bo'lmadi.

Kosta-Rikaning metin himoyasi, shuningdek darvozani ishonchli tarzda qo'riqlagan Navasning mahorati o'yinni penaltilar seriyasigacha chuzilishiga sabab bo'ldi. 

120-daqiqa: Uchrashuv taqdirini hal qilgan o'zgarish

Gollandiya yomon o'ynamadi, shunchaki Kosta-Rika ishonchli va juda katta kuch bilan berkindi. Juda ko'plab vaziyatlarni yarata olganiga qaramay "lolalar" yurti vakillari raqib darvozasi tomon yo'l topa olishmadi. Bazi vaziyatlar Robin van Persi o'zbek hujumchilari ham gol urishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni ko'kka sovurgan bo'lsa, yana ko'plab vaziyatlarda Navas dahshatli "seyv"larni amalga oshirishdan charchamadi. 

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi - Navas

Penaltilar seriyasiga yaqin qolganida Lui van Gaal maydonga zaxira posboni Tim Krulni tushirdi. Gollandiya terma jamoasi ustozi voqealarning bunday rivojiga ham tayyorligini bildirdi va o'zining o'ylab qo'ygan rejasi bor ekanligini ko'rsatdi. Darhaqiqat, aynan penaltilar seriyasi uchun maxsus tayyorgarlik ko'rgan Tim Krul, raqib tepgan beshta 11-metrli jarima zarbasi yo'nalishini topdi va ikkitasini qaytarishga ham erishdi. Lui van Gaalning yashirincha "quroli" ish berdi va Tim Krul Gollandiyani yarim finalga olib chiqdi. 


Gollandiya terma jamoasi endi yarim finalda Argentina bilan to'qnash keladi.


JCH-2014. CHorak final.

GOLLANDIYA - KOSTA-RIKA 0:0 (pen. 4:3)
6 iyul. 01:00

Bosh hakam
: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)

Qanot hakamlari
: Abdulhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)

Zaxira hakami
: Noumandiez Due (Kot D'Ivuar)

Gollandiya
: Silessen (Tim Krul, 120), Vlaar, De Vrey, Martins Indi (Xuntelaar, 106), Blind, van Persi, Sneyder, Robben, Kuyt, Veynaldum, Depay (Lens, 76).

Kosta-Rika
: Navas, Akosta, Gonzalez, Umana, Borges, Bolanos, Kempbell (Urena, 66), Ruiz, Diaz, Gamboa (Mayri, 78), Texeda (Kubero, 97).

Ogohlantirish
: Diaz (37), Umana (52), Indi (64), Gonzalez (82), Akosta (108), Xuntelaar (111). 


SHahboz Beg'amov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика