Lopetegi "Vulverxempton" bosh murabbiyiga aylandi
05 noy 2022 15:12
Yangiliklar
Lopetegi "Vulverxempton" bosh murabbiyiga aylandi
Xulen Lopetegi "Vulverxempton" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klub ispaniyalik murabbiyning bosh murabbiylikka tayinlanganini elon qildi. SHartnoma shartlari malum qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, "Vulverxempton"ning sobiq murabbiyi Brunu Laje 2 oktyabrda istefoga chiqarilgan edi.
Lopetegi 14 noyabrdan ishga kirishadi. U jamoadagi ilk o'yinini JCH-2022 tanaffusidan so'ng 26 dekabrda o'tkazishi mumkin. O'shanda "bo'rilar" "Everton" bilan uchrashadi.
Xulen bunga qadar "Portu", "Real" va "Sevilya"ni boshqargan. "Vulvs" APLda 13 o'yindan so'ng 10 ochko jamg'argan holda jadvalda 19-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar